Sulton Saodat majmui

Sulton Saodat majmui

Sulton Saodat majmui

Sulton Saodat majmui — Termizdagi meʼmoriy yodgorlik (10—17a.lar). Termizning sharqida joylashgan bu ziyoratgoh 7 a. davomida shakllangan. 20 ga yaqin maqbarani oʻz ichiga olgan. Unda Sayyidlar sulolasining maqbaralari joylashgan. Dastlab shu atrofdagi yerlar egasi, paygʻambarimiz avlodlaridan boʻlmish Hasan alAmir (9-a. 2-yarmida vafot etgan) maqbarasi bunyod etilgan. Xalq orasida S.Sm. nomi bilan mashhur boʻlgan maqbaralar 10-a.da, qolganlari, asosan, 15—17-a.larda yonmayon qurilib, uzun hovlining 2 tomonini egallagan. Makbaralar peshtoq va gumbazli chorsi xonalar (9×9,05 m va 10,15×10,25 m) dan iborat. Hovlining toʻridagi peshtoq va ikki qanotidagi gumbazli maqbaralar bir xil tarxda, jan.dagi maqbara zinalar gʻisobiga kichikroq koʻrinadi. Shim.gʻarbidagi maqbaraning qurilma va bezaklari oddiy gʻisht (27×27×5 sm) dan juftjuft qilib terilib, mavjli bezak hosil qilingan. Ichki xona devorlariga gʻishtdan hoshiyali boʻrtma ravoqlar ishlangan. Jan.gʻarbdagi maqbara shim.gʻarbdagidan bir oz kichik, koʻrinishi oddiy, ganch suvokli. Mazkur 2 maqbara orasidagi peshtokli supa toʻriga mehrob joylashgan. Sirkor koshinlar binoga alohida husn bagʻishlagan. 15 —17-a.larda qurilgan maqbaralarda oʻsha davrga xos yulduzsimon girih naqshlar, ganchkori bezaklar keng qoʻllanilgan. Majmua mustaqillikdan keyin taʼmirlanib, ziyoratgohga aylantirilgan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz