Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub

Yusuf-Hamadoniy-

Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub (1048, Hamadonning Buzanjird qishlogʻi — 1141, Afgʻonistonning bomiyon sh.) — tasavvufning yirik namoyandasi, olim. Bagʻdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali For-madiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan oʻrgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy, Gʻazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda boʻlgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan.

H. Buxoroda uzoq muddat yashab, Ahmad Yassaviy va Abduxoliq Gʻijduvoniy va b. yirik mashoyixlarga ustozlik qilgan. U keyinchalik xoja-gon-naqshbandiya tariqatining ayrim qoidalarini ishlab chiqqan. Xoja Ab-dulloh Barraqiy Xorazmiy, Xoja Hasan Andoqiy Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Abduxoliq Gʻijduvoniy H.dan soʻng uning xalifalari sifatida muridlarning tarbiyasi bilan shugʻullanganlar. “Rutbat ul-hayot” (“Hayot mezoni”), “Kashf”, “Ri-sola dar odobi tariqat”, “Risola dar axloq va munojot” kabi asarlar yozgan. “Hayot mezoni” risolasi oʻzbek tilida nashr qilingan (Toshkent, 2003). Xoki Bomiyondan Marv sh.ga olib kelinib, qayta dafn etilgan. Abduxoliq Gʻijduvoniy, Fari-didsin Attor, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy asarlarida H. haqida maʼlumotlar bor.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz