Imom al-Moturidiy maqbarasi

Imom-al-Maturidiy-maqbarasiImom al-Moturidiy maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Imom al-Moturidiy tavalludining IZO y.ligi (2000) munosabati, O’zbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand sh. markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi oʻrnatilgan (xududi 4 gektarga yaqin). Yodgorlik Registon ansambli yaqinida, Vobkent, Gʻijduvon va Buxoro koʻchalari oraligʻida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent koʻchasidagi xiyobon orqali. Loyihaga koʻra, 3 qism (markaziy, bogʻ va xoʻjalik in-shootlari)ga boʻlingan, ular oʻzaro bir-biri bilan xiyobonli yoʻlka orqali bogʻlangan. Loyiha oʻqi manzarali mujassamotda yaratilib, ramziy maqbara bi-nosiga tutashgan. Sharsharali favvoralar xiyobonli yoʻlka markazida qurilib, atrofi obodonlashtirilgan. Yodgorlik meʼmoriy loyihasi va badiiy yechimida oʻzbek milliy mahobatli sanʼatining eng yaxshi anʼanalari qoʻllangan. Maqbara pishiq gʻishtdan, murabba tarxli (12×12 m), shifti gumbazli (bal. 15 m), poygumbazi 24 kichik ravoqchalarga boʻlinib, ganchkori panjaralar bilan bezatilgan. Panjaralar yuqorisi murakkab tuzilishdagi muqarnaslar bilan toʻldirilgan. Xona markaziga qoʻyilgan sagʻanada arab yozuvida buyuk olimning hadis soʻzlari bitilgan.

 


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz