Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. I.q. shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. I.q.ga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy […]
Muhammad Aminxon madrasasi
Muhammad aminxon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1852—55). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qalʼaning gʻarbiy qismida joylashgan. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvonli. Bu uslub Xiva madrasalari meʼmorligida ilk bor shu binoda qoʻllanilgan. Ayvonlarning qurilishi sodda, hovlining umumiy meʼmorligiga moye. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qarshi qoʻyilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan. Hujralar tomi balxi gumbaz bilan berkitilgan. Sharqiy qanotidagi masjid va gʻarbiy qanotidagi darsxonaning gumbazlari burchaklaridan chiqarilgan toqili qiya sathbagʻalga qoʻyilgan. Peshtoqining 6 qirrali kurkam ravogʻi ham sirkor parchinlar bilan bezatilgan. Masjidning baland gumbazi peshtokidan ancha yuqori koʻtarilib turadi. Madrasaning baland va bezakdor peshtoqi oʻziga xos mayda ravoqchalarga boʻlingan, burchaklaridagi mezanali guldastalar binoga salobat va goʻzallik bagʻishlaydi. Binoda Xiva meʼmorlik maktabiga xos uslublarning eng yaxshi namunalari qoʻllangan. Bosh tarzidagi miyonsaroy 2 oshyonli, 5 gumbazli boʻgʻimlarga ajratilgan. Yogʻoch oʻymakorligida ishlangan eshik va panjaralar noyob sanʼat asari hisoblanadi. Umumiy tarhi — 77×60,0 m; hovli 38,0×38,0 m; masjid 9,4×8,4 m; darsxona 5,6×5,6 m. Madrasa taʼmirlanib, mehmonxona uchun moslashtirilgan, oʻtmishda yirik oʻquv dargohi va shahar devonxonasi boʻlgan.
O'xshash maqolalar

Said Aloviddin maqbarasi
Said aloviddin maqbarasi — Ichan qalʼadagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Soʻfi Amir Kulol tomonidan ustozi shayx Aloviddin qabri ustiga qurilgan. Maqbara (13,0×10,4 m) peshtoqli, ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. 14-a. 1-yarmida peshtoqi jan.ga qaratib goʻrxona bunyod etilgan. Goʻrxonaning gʻarbida ziyoratxona (18a.) qad rostlagan. Xonalar gumbaz tomli, ziyoratxonaga poygumbaz darchasidan yorugʻlik tushib turadi. Ichkarisi ganch suvok, qilingan. Goʻrxonadagi […]

Islomxoʻja madrasasi va minorasi
Islomxoʻja madrasasi va minorasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik. Ichan qalʼa markazida joylashgan. Xiva xoni Asfandiyorxonnmt bosh vaziri va qaynotasi Islomxoʻja qurdirgan (1908—10). Madrasa (42,8*32,5)ning bosh tarzi ikki qavatli. Hovli (23×20) atrofi bir qavatli kichik hujralar (jami 42 ta) bilan oʻralgan. Bosh tarzining hovliga qaragan ikkinchi qavatida ayvon bor. Madrasaning jan.sharqidagi masjid gumbazli, mehrobi koshin va […]

Shayx muxtor valiy maqbarasi
Shayx muxtor valiy maqbarasi — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Katta va kichik xona hamda goʻrxonadan iborat. Katga xonaning toʻrt tomoni chuqur ravoqli, keyinchalik yonlaridagi hujralarga eshik ochilgan. Kichik xonaning ham burchaklarida hujralar, shuningdek, ziyoratxona qurilgan. Orqasida 2 goʻrxona, halimxona va omborxona bor. Maqbarada Shayx Muxtor Valiy, uning xotini va yaqin kishilari qabrlari […]

Sherg’ozixon madrasasi
Shergʻozixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1719—26); Ichan kalʼa tarkibida. Xiva xoni Shergʻozixon Xurosonga qilgan yurishi (1718) chogʻida qurila boshlagan. Madrasaning gʻarbida qurilgan kichik xonaga xon jasadi dafn etilgan. Maqbara bosh tarziga tutash qilib qurilgan. Madrasa bosh tarzi 2 qavatli. Ulkan peshtoq orqali kiraverishda gumbazli miyonsaroy, uning 2 burchagida chortoq tarhli, gumbazli masjid va darsxona […]

Olloqulixon madrasasi
Olloqulixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1834—35). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo meʼmorligida keng tarqalgan qoʻshmadrasa uslubida, Ollo-qulixon timi, Xoʻjamberdibiy madrasasi, Polvon darvoza bilan oʻzaro bogʻlangan. O.m. sunʼiy tepalik (bal. 3 m) ustiga kurilgan, shu tufayli qoʻshni binolardan ancha baland koʻrinadi. Madrasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (62,45×47,0 m), […]

Muhammad Rahimxon madrasasi
Muhammad Rahimxon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1871). Muhammad Rahim II (Feruz) qurdirgan. Koʻhna arkning sharqiy darvozasi qarshisida joylashgan. M.R.m. masjid, ayvon, darsxona, kutubxona va hujralardan iborat. Madrasaning old tomoni 2 qavatli, qolgan tomonlari bir qavatli. Burchaklariga guldastalar ishlangan. Xiva meʼmorligiga xos uslubda peshtokli koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Sirli gʻishtlar “qoʻsh” va “bantak” uslubida terilgan. […]

Said mahruyjon majmuasi
Said mahruyjon majmuasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1884). Said Muhammad Maxruyjon maqbarasi atrofida barpo etilgan Madrasa, qorixona, maqbara va b.dan iborat majmua. Said Maxruyjon madrasasi (40,0×53,0 m)ga gʻarbdan 2 kichik Madrasa (Kichik Mahruyjon); qorixona va Kichik Mahruyjon maqbarasi (11,0×14,1 m) tutash. Katta hovliga jandan 3 gumbazli miyonsaroy orqali kiriladi. Madrasa burchaklaridagi anʼanaviy darsxona va masjid […]

Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub
Yusuf Hamadoniy Abu Yaʼqub (1048, Hamadonning Buzanjird qishlogʻi — 1141, Afgʻonistonning bomiyon sh.) — tasavvufning yirik namoyandasi, olim. Bagʻdodda Abu Ishoq Sheroziydan tahsil olgan. Isfahon, Samarqand, Buxoroda bilimini oshirgan. Tasavvufni Abu Ali For-madiy, Abdulloh Juvayniy va Hasan Simnoniydan oʻrgangan. Zamonasining yetuk allomalari Abdulqodir Giloniy, Gʻazzoliy, Hamiduddin Multoniy bilan muloqotda boʻlgan. 30 marta haj ziyoratiga borgan. […]

Juma masjid
Xiva juma masjidi — Xiva (Xorazm)dagi meʼmoriy yodgorlik (10—18-a.lar). Ichan qalʼanmnt markaziy qismida Oma darvoza va Polvon darvozalarnn birlashtiruvchi koʻchada joylashgan. J. m. hakidagi ilk maʼlumot 10-a.da Xorazmga kelgan arab sayyohlari al-Muqaddasiy (Maqdisiy) va al-Istaxriy yozmalarida uchraydi. Manbalarga koʻra, J. m.ning dastlabki binosi buzilib ketgan va oʻrniga Abdurahmon Mehtar buyrugʻiga binoan xuddi shu usulda kattaroq […]