Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi

1340213078_qaffoli_shoshiy_02Muhammad Qaffol shoshiy maqbarasi — Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr) Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Muhammad Qaffol shoshiy maqbarasi meʼmor Gʻulom Husayn tomonidan 1541—42 yillarda chorsi (25×26×5 sm) pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbara chorgoqtarxli (13,3×12,5 m), katta xona va uning toʻridagi sagʻanali xonadan iborat. Katta xona (6×6 m) ning uch tomoni peshtoqli, qoʻsh qavatli gumbaz bilan yopilgan. Bosh peshtoq va uning 2 yonidagi burjlari anʼanaviy usulda. Maqbara burchaklarida 2 va 3 qavatli 8 yoqli va toʻrtburchak tarhli hujralar bor. Eshik tepasidagi kitobada maqbara qurilgan sana, meʼmor va xattotning nomi yozilgan; poygumbazidagi yozuvlar saqlanmagan. Maqbaraning tarzlari bezaksiz, derazalariga panjaralar ishlangan. Maqbara poliga mavjli qilib gʻishtlar yotqizilgan. Qaffol Shoshiy maqbarasi asosida keyinchalik Hazrati Imom majmuasi vujudga kelgan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz