Ruhobod maqbarasi

Ruhobod-maqbarasiRuhobod — majoziy nom, aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qad. kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-a.ning 70-y.lari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jan.dagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashxur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga chiqqan Sogʻarjiy qabriga bogʻlab, mahobatli baland maqbara tiklangan. Amir Temur maqbara taʼminoti uchun maxsus vaqfnoma (kuyib ketgan vaqfnoma qoldiqlari tarjimasi Oʻzbekiston davlat arxivida saqlanmoqda) chiqargan. Undan maʼlum boʻlishicha, maqbara va yonidagi bogʻ yirik daromad manbai boʻlgan.

Maqbara binosi hozirgi shahar markazi tomonidan koʻzga tashlanadi, galdagi rekonstruksiya davomida maqbara atrofidagi keyingi davr binolari buzib tashlanadi, natijada maqbara qaddiqomatini yaqqol koʻrsatdi. Maqbara chorsixona, ustidagi 8 qirrali poygumbaz va oddiy gumbazdan iborat. Ichkarida nomaʼlum qabrdaxmalar bor. Tashki tomondan (janub) avliyo qabriga tutash devor sirkori sopol bilan peshtoq shaklida hoshiyalangan. Ichkarida naqshin bezak qoldikdari saqlangan. Kirish eshigining (Buxoro amiri nomidan 19-a. oʻrnatilgan) oʻymakor bezaklari orasida baliqlar shaklini kuzatish mumkin. Aholi mazkur avliyoga alohida ixlos va ehtirom bildirib, maqbara va u bilan bogʻliq maskanni Ruhobod deb atagan. 19-a. maqbaraga bogʻlab Madrasa (hoz. darvozaxona va bir necha hujra saqlangan), masjid va minora qurilgan. Shoʻrolar davrida mazkur maskan diniy ziyoratgoh sifatida eʼtibordan chetda qolgan, tashlandiq holga kelgan edi. Hujralar qisman buzib tashlangan, guzar masjidida korxona joylashgan. Amir Temur tavalludining 660 y.ligi arafasida maqbara atrofida keng koʻlamli rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. R. maqbarasi qayta gavjum ziyoratgohga aylandi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz