Shayx muxtor valiy maqbarasi

Shayx-Muxtor-Valiy-maqbarasi

Shayx muxtor valiy maqbarasi — Xorazm viloyati Yangiariq tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Katta va kichik xona hamda goʻrxonadan iborat. Katga xonaning toʻrt tomoni chuqur ravoqli, keyinchalik yonlaridagi hujralarga eshik ochilgan. Kichik xonaning ham burchaklarida hujralar, shuningdek, ziyoratxona qurilgan. Orqasida 2 goʻrxona, halimxona va omborxona bor. Maqbarada Shayx Muxtor Valiy, uning xotini va yaqin kishilari qabrlari joylashgan. Maqbara hajmi xar xil toʻrtburchak gʻishtlardan qurilgan. Yogʻoch oʻymakorligi bilan nafis bezatilgan 4 eshik saqlangan, bularning birida usta Zayniddin ibn Odina Muhammadning nomi yozilgan. Muhammad Rahimxon hukmronligi davri (1806— 25)da taʼmir etilib, yangi bir ustunli ayvon va qorixona qurilgan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz