Sherdor madrasasi

Sherdor-madrasasiSherdor madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1619—36). Registon ansambli tarkibida. Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Madrasa tarhi toʻrtburchak, 2 qavatli. Bosh tarzining 2 qanotida qovurgʻali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtoq ravogʻi ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora zaminli koshinga oq harflar bilan meʼmor Abdujabbor nomi yozilgan. Qanoslaridagi qizgʻish zarhal tusli sher oq ohuni quvmoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq koʻzli qilib tasvirlanib, yuzi zarhal tusli yogʻdu bilan hoshiyalangan. Madrasa nomi shu tasvirdan kelib chiqqan. Binoning serhashamligi shu peshtogʻida. Peshtoqning 2 tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan. Hovli atrofidagi 2 qavatli hujralar (54 ta)ning oldi ravoqli ayvon. Ayvonlar yozda darsxona vazifasini oʻtagan. 1960—64 yillarda peshtoqqanoslaridagi koshinkori naqshlar qayta tiklangan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz