Sherg’ozixon madrasasi

Sherg’ozixon-madrasasi

Shergʻozixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1719—26); Ichan kalʼa tarkibida. Xiva xoni Shergʻozixon Xurosonga qilgan yurishi (1718) chogʻida qurila boshlagan. Madrasaning gʻarbida qurilgan kichik xonaga xon jasadi dafn etilgan. Maqbara bosh tarziga tutash qilib qurilgan. Madrasa bosh tarzi 2 qavatli. Ulkan peshtoq orqali kiraverishda gumbazli miyonsaroy, uning 2 burchagida chortoq tarhli, gumbazli masjid va darsxona joylashgan. Miyonsaroy tepasidagi kichik hujralar talabalar uchun yotoqxona boʻlgan. Devorlariga tokcha, taxmon, kosamonlar ishlangan. Hovli atrofidagi 1 qavatli qator hujralar oldi ayvonli boʻlib, hovli oʻrtasida hovuz joylashgan. Madrasa bezaklari saqlanmagan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz