Tilla Qori madrasasi

Tillaqori madrasa – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon ansamblitsa Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-a.) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab “Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi” deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda oltin sarflangani uchun “tillakori” (tilladan ishlov berilgan) deb yuritila boshlagan. T.m.dan shahar jome masjvdi va Madrasa sifatida foydalanilgan. Shuning uchun masjidi (63×22 m) katta va serhashamligi bilan boshqa madrasalardan ajralib turadi. Madrasa (70×70 m) ga gʻarbiy peshtoq orqali kiriladi. Peshtoq chuqur ravoqli, 2 qanotining oldi ravoqli, 2 qavatli hujralar, burchaklarini teng hajmdagi guldastamezanalar egallagan. Masjid xonaqohi (10,8×10,8 m)ning poygumbazi baland, uzoqdan koʻzga tashlanib turadi. Uning gumbazi nihoyasiga yetkazilmagan. Xonaqoh toʻriga marmardan mehrob va zinapoyali minbar ishlangan. Oʻz davrida zarhal naqshlar bilan jozibador bezatilgan xonaqohning 2 yonini oldi ravoqli, gumbaz tomli ayvon (yoʻlak)lar egallagan. Peshtoq ravogʻidagi marmar taxtachada bezak ishlari 1659—60 y.larda bajarilganligi yozilgan.

T.m. bir necha bor taʼmir qilingan. 1817 y.da amir Haydar buyrugʻi bilan zilziladan zarar koʻrgan peshtogʻi qayta tiklanishi jarayonida shakli buzilgan. 1885 y.dagi taʼmir vaqtida zarhal naqshlar oddiy boʻyoklar bilan almashtirilgan. T.m.da Samarkand taʼmirlash ustaxonasi tashkil etilib (1930), koshinlarning qad. rangini topish yoʻlida tadqiqot ishlari olib borilgan. T.m.dagi yoʻqolib ketayozgan noyob zarhal naqshlarni ustalar ilmiy oʻrganib, qayta tikladi (1970). Binokorlar madrasaning Registonga qaragan peshtogʻini Sherdor Madrasa va Ulugʻbek madrasasi bilan moslashtirib qayta qurdi. Peshtoq ravogʻi va ravoq ichidagi qalqonsimon bagʻali, guldastasi hamda xonaqoh gumbazi, ichidagi tilla halli boʻrtma naqshlari qayta jilolandi (1974). Baland gyuygumbazi ustiga feruza rang koshin bilan qoplangan gumbaz oʻrnatildi. Bosh tarzidagi bezak mavzularining boyligi, ichki va tashqi naqshlarning serxashamligi, peshtoq qanosi va tokchasidagi iroqi kashtani eslatuvchi bezaklar, boʻrtma yozuvlar oʻziga xosdir. Ravoq burchaklari, bezakli toqilarni toʻldirishda koshinpaz ustalar turli usullarni qoʻllashgan (gʻishtlarning mayda naqshlari koshinlarning handasiy va islimiy naqshlari bilan moslashtirilgan). Koshinkori ravoklarda yashil tangachalar, sargʻish yaproqlar va feruza poyalar aks ettirilgan. Xonaqoh izorasi koshinnamoyon, devori, gumbazi va bagʻali kundal uslubidagi serhasham naqshlarga boy. Mehrob ravogʻi va bagʻali muqarnas kosachalar bilan toʻldirilib, zarhal berilgan hamda Qurʼon oyatlaridan olingan boʻrtma yozuvlar bilan hoshiyalangan.

Eshiklar murakkab naqsh va yozuvlar bilan yogʻoch oʻymakorligida pardozlangan. Hovli saxni (50×50 m)ga marmar yotqizilgan. Atrofidagi hujralarga eshik, tobadoniga panjaralar ishlangan. Hujralar yoz kunlari ham salqin boʻladi. T.m.da muzey tashkil etilgan boʻlib, unda madrasani taʼmirlashga oid narsalar saklangan.

 


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz