Xo‘ja Abdu Darun maqbarasi

Xo‘ja-Abdu-Darun-maqbarasiXII asr, XV asrning birinchi yarmi. Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun – ichkari) joylashgan qadimgi ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino – xonaqoh (XV asr) ko’zga tashlanadi. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug’bek davri me’morligi mahsuli ekanidan darak beradi. Xonaqohning ichida IX asrda yashagan avliyo, alloma Abdu Ma’ziddinning qabri bor. Xoja Abdu Darun padari buzrukvorlarining nomi Xoja Abduqodir as-Said (Xoja Abdu Berun) bo’lib, Samarqandda hokimlik qilgan. Xoja Abdu Darunni Xojai Kunj deb ham ataganlar. Xoja 247 hijriy yilning zulqa’da oyida (mil.861 yil may oyi) vafot etgan.

O‘zbekistonning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda qadimgi davrlardan boshlab bu yerda qurilishda paxsa va xom g‘ishtdan foydalanilgan. IX-XII asrlarda ushbu qurilish ashyolari bilan birga pishiq g‘ishtdan ham keng ko‘lamda foydalanilgan.

Shu davrda yangi qurilishlar: machitlar, maqbaralar, madrasalar, karvonsaroylar, usti yopiq savdo rastalari-timlar paydo bo‘ladi. Bu davrda ko‘plab binolarning tomi gumbaz bilan qoplanadi, boshqalarining shiftini esa yog‘och ustunlar suyab turgan. Binolarning devorlarini suvashda ganchdan foydalanilgan.

Xom g‘isht ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Undan uy-joylar, hunarmandchilik ustaxonalari va savdo do‘konlari tiklangan. Ba’zi shaharlar hukmdorlarining saroylari ham xom g‘ishtdan qurilgan.

O‘zbekistonning ko‘plab tumanlarida qasr-ko‘shklarning paxsa xarobalari saqlanib qolgan. Ular baland poydevor ustida qad rostlagan hamda ikki qavatli bo‘lgan. Shahar va qal’alarning mudofaa devorlari hamda burjlari paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz