Xoja jarroh yodgorlik majmuasi

Xoja jarroh yodgorlik majmuasi

Xoja jarroh yodgorlik majmuasi

Xoja jarroh yodgorlik majmuasi — Qarshi sh.dagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Sohibqiron Amir Temur 14-a. oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn alJarroh qabri xokidan keltirib Qarshi sh.da dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-a. 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara toʻrtburchak tarhli, peshtoqgumbazli, pishiq gʻishtdan qurilgan, bosh peshtogʻi burchaklariga burjlar ishlangan, yon devorlarida mehrob shaklidagi derazalar boʻlib, panjaralar oʻrnatilgan. Maqbara ichi ganch oʻymakorligida pardozlangan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz