Oqsaroy meʼmoriy majmuasi

Oqsaroy meʼmoriy majmuasi

Oqsaroy meʼmoriy majmuasi

Oqsaroy — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (15-a.). Temuriylarning soʻnggi dahmasi. Oqsaroy qoʻshimcha dahma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469—94) qukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarx/sh katta xona va qaramaqarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. Bosh tarzi jan.ga qaragan. Oʻrtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. O. qurilishida oʻsha davr meʼmorli-giga xos murakkab usullar qoʻllanilgan: katta xona gumbazi 4 katta ravoq va oʻza-ro kesishgan ravoqchalar hamda toqilar yordamida yopilgan. Bu qurilmalar sharafa va ganch bezaklari bilan pardozlangan. Bezaklarning koʻp qismi kundal uslubida bajarilgan. Nafis ishlangan oq, koʻk ranglar oltin xal bilan oʻzaro uygʻunlashib ajoyib koʻrinish kasb etgan. Naqsh shakllari oʻzaro takrorlan-magan. Bir ravokdagi naqshda bir-biriga oʻxshamaydigan 67 xil bezakgul boʻlgan. Binoning tashqi meʼmorligi nihoyasiga yetkazilmagan. Katta xona tashqi gumbazi, 8 qirrali poygumbazi tugallanmagan. Oqsaroy temuriylar davri meʼmorligining noyob namunasi hisoblanadi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz