Said Aloviddin maqbarasi

Said-Alouddin-maqbarasiSaid aloviddin maqbarasi — Ichan qalʼadagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Soʻfi Amir Kulol tomonidan ustozi shayx Aloviddin qabri ustiga qurilgan. Maqbara (13,0×10,4 m) peshtoqli, ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. 14-a. 1-yarmida peshtoqi jan.ga qaratib goʻrxona bunyod etilgan. Goʻrxonaning gʻarbida ziyoratxona (18a.) qad rostlagan. Xonalar gumbaz tomli, ziyoratxonaga poygumbaz darchasidan yorugʻlik tushib turadi. Ichkarisi ganch suvok, qilingan. Goʻrxonadagi sagʻanalar boʻrtma koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Ularning birida arab yozuvida Said Aloviddinning vafoti yozilgan (1303 y. 18 mart). Sagʻana supa shaklida boʻlib, burchaklarida bejirim ustunchalar bor, ular piromoni bandi rumiy deb ataluvchi handasiy shaklga ega. Supa devorlaridagi madohilsimon namoyon nafis ishlangan. 1825 y.da meʼmor Hubbiqulixoʻja oʻgʻli Hamidxoʻja tomonidan qulab tushgan peshtoqi qayta tiklanib, gumbaz, sagʻana, ziyoratxona devorlari taʼmir qilingan. Ziyoratxona devorlarida fors tilida (arabcha nastaʼliq yozuvida) binoning qurilishi va meʼmorlari toʻgʻrisida maʼlumotlar berilgan. 1957 y.da I.Notkin va V.Bulatova tomonidan ilmiy jihatdan oʻrganilgan. Xiva sh.ning 2500 y.lik yubileyi arafasida maqbarada taʼmirlash ishlari oʻtkazildi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz