9 may — Xotira va qadrlash kuni

9 may - Xotira va qadrlash kuni

1999 yili 9 may kuni O’zbekiston poytaxtida Xotira maydoni ochildi va shu kundan buyon 9 may Xotira va qadrlash kuni deb nishonlanmoqda. Ushbu bayram mustaqil O’zbekistonda asrlar davomida qaxramona, o’lkamizni ximoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag`ishlangan.
Xotira va qadrlash tushunchasi chuqur ma’noga egadir. Ushbu kunda fashizmga qarshi kurashishlarda qatnashgan, o’z Vatanini himoya qilishda joniga fido qilgan, shuningdek To’maris, Shiroq, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Nadjmiddin Kubro, Namaz-batir kabi qaxramonlar va asrlar davomida xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan Kadiri, Bexbudi, Munavvar-kari, Cho’lpon, Avloni, Fitrat, Usmon Nasoir kabi milliy qaxramonlarimizni ruxini shod etib eslash ham farz ham qarzdur.
Insoniyat ikkinchi jaxon urushida qatnashgan, bu ayovsiz jangu jadalda qaxramonlarcha xalok bulganlar xotirasini aslo unutmaydi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz