Buxoroda “Ipak va ziravorlar” festivali ochildi

ipak-va-zuravor-emblemaBuxoroda 26-may, payshanba kuni XV an’anaviy ipak va ziravorlar xalqaro festivali boshlandi.

silk festeval

festival

1454505136_silk

28-mayga qadar davom etadigan tadbir ishtirokchilarning Qadimiy Ark qal’asidan Labi hovuz sohillarigacha tantanali yurishi bilan boshlandi.

Viloyat hokimligi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro viloyati mintaqaviy bo‘limi, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan “Ipak va ziravorlar” festivali milliy hunarmandlikni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish hamda turizmni yanada ravnaq toptirish, Buxoroni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishga qaratilgandir.

ipak_va_ziravorlar_festivali_26_05_2016

Keng ko‘lamli ko‘rgazma-savdo rastalarida Buxoro mis-kandakorlik asarlari, kulolchilik va zargarlik buyumlari, zardo‘zlik liboslari, devoriy kashtalar, vodiy atlasu adraslari, do‘ppilari, chinni idishlari, Surxonning jun va ipakdan ishlangan mahsulotlari, toshkentlik ustalarning yog‘och o‘ymakorlik ashyolari, Jizzaxning biser-munchoqli san’at asarlari, umuman, O‘zbekiston va xorijlik hunarmandlarning ipak mahsulotlari, ziravorlar, giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh darmondorilar namoyish etildi. Buxoro rassomlik va miniatyura, zargarlik, zardo‘zlik, mis-kandakorlik, temirchilik, gilamchilik va G‘ijduvon kulolchilik maktablari ustalarining mahorat darslari tashkil etildi.

Festivalda barcha viloyatlar folklor-etnografik jamoalari o‘z dasturlarini namoyish etmoqda. Festival doirasida O‘zbekiston tarixiga oid filmlar, zamonaviy va milliy an’analar mujassamlashgan liboslar kolleksiyalari namoyish etilmoqda.

 1464288980_0_29

1464288985_0_34

1464289075_0_44

1464288684_0_14

1464288794_0_21

1464288935_0_33

1464289102_0_50 (1)

1464289143_0_64

1464289375_0_20

1464289228_0_11

1464289319_0_13

1464289494_0_61


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz