Farg‘onada “Universiada – 2016” sport o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada 26-may kuni oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Universiada – 2016” respublika sport o‘yinlari boshlandi.

Universiada – 2016

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari mash’alasini boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon va Osiyo chempioni, o‘smirlar Olimpiadasi g‘olibi, kattalar o‘rtasida Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori, Olimpiada yo‘llanmasi sohibi Bektemir Meliqo‘ziyev va tennis bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, xalqaro turnirlar hamda 2014-yil Namanganda o‘tgan “Barkamol avlod” o‘yinlari sovrindori, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sohibasi Sarvinoz Saidxo‘jayeva yoqdi.

Universiada – 2016

Universiada – 2016

Universiada – 2016

“Universiada – 2016” sport o‘yinlari 15 sport turi – basketbol, boks, voleybol, gandbol, dzyudo, yengil atletika, og‘ir atletika, stol tennisi, suzish, taekvondo (WTF), tennis, futbol, shaxmat, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha tashkil etilmoqda. Ushbu sport turlarining deyarli barchasi Olimpiada dasturidan joy olgan. Unda mamlakat hududlarida o‘tgan saralash musobaqalarida g‘olib chiqqan yigit-qizlar qatnashmoqda. Yoshlarning aksariyati sport bilan muntazam shug‘ullanib, “Umid nihollari” va “Barkamol avlod” sport o‘yinlarida tajriba va mahoratini oshirgan.

Universiada – 2016

Universiada – 2016

Universiada – 2016

Universiada – 2016

“Universiada – 2016” sport o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi katta konsert dasturi bilan yakunlandi.

Manba: daryo.uz


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz