Toshkent va Samarqandda “Favvoralar sayli” o‘tkazildi (foto)

Toshkent va Samarqand shaharlarida “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlari bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zA.

31-680x442

Bu yil ham sayilga puxta hozirlik ko‘rildi. Favvoralar ta’mirlanib, yana bir nechtasiga zamonaviy texnologiyalar o‘rnatildi. Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi va Yakkasaroy tumanidagi Pushkin haykali qarshisidagi favvoralar svetodiodli chiroqlar bilan bezatildi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri maydonidagi musiqali favvora chiroqlari ana shunday serjilo chiroqlarga almashtirildi.

28-680x453

“Favvoralar sayli” tadbirlari Simpoziumlar saroyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Davlat akademik katta teatri maydoni, Xadra maydoni, Mustaqillik maydoni, “Istiqlol” san’at saroyi, ko‘plab oliy o‘quv yurtlari, madaniyat va istirohat bog‘laridagi favvoralar oldida bo‘lib o‘tdi.

25-680x454

Samarqand shahrining Ko‘ksaroy va Teatr maydonlari, Amir Temur xiyoboni, Shoirlar bog‘i, Universitet xiyoboni, Yo‘lbarslar xiyoboni, Samarqand temir yo‘l vokzali maydoni kabi o‘nga yaqin maskanlardagi favvoralar atrofida erta tongdan madaniy dasturlar, konsert tomoshalari, rassomlarning rang-tasvir asarlari ko‘rgazmalari namoyish etildi.15-680x452

14-680x430

12-1-680x440

3-1-680x462

2-2-680x453

1-2-680x449

32-680x461

30-680x456

29-680x428

Sayillar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 23-aprelda qabul qilingan “Toshkent shahrida ‘Favvoralar sayli’ yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘tkazildi.

Foto : O’zA
Manba: daryo.uz


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz