Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston uchun to‘rtinchi oltin medalni sovg‘a qildi

Boksning 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 oltin medali uchun ozarbayjonlik Kollazo Sotomayor bilan ringga chiqdi.

fazliddin_goibnazarov-680x450

Kelib chiqishi kubalik bo‘lgan sportchiga qarshi jangning birinchi raundi qo‘llari uzun bo‘lgan ozarbayjonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi raundda hakamlar g‘olibni aniqlashda ikkiga bo‘linib qoldi. Hal qiluvchi raundda esa o‘zbekistonlik sportchi o‘z so‘zini aytdi va raqibini ochkolar farqi bo‘yicha mag‘lub etib, oltin medal egasiga aylandi.

Fazliddin G‘oibnazarov finalga qadar kongolik Malonga Dzalamou (1/16 final), hindistonlik Manoj Kumar (1/8 final), amerikalik Geri Rassell (1/4 final), rossiyalik Vitaliy Dunaysev kabi sportchilarni turnirdan chiqarib yuborgandi.

Bu oltin Hasanboy Do‘stmatov, Ruslan Nuriddinov, Shahobiddin Zoirov kabi o‘zbekistonlik sportchilardan keyin terma jamoa uchun to‘rtinchisi edi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz