Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Rio—2016 dagi beshinchi bronzani taqdim etdi

Rio—2016 Olimpiadasida o‘z yurishini 1/8 finaldan boshlab, yakunda yarim finalga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev hal qiluvchi jang yo‘lida ringga ko‘tarildi.

Murodjon Ahmadaliyev-1

Turnirdagi ishtirokini qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevni mag‘lub etish bilan boshlagan Ahmadaliyev, chorak finalda argentinalik Alberto Melianni 1-raundning o‘zidayoqnokautga uchratgandi. Final oldidan u kubalik Robeysi Ramiresga qarshi jang qildi.

Mazkur jangda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi va Rio Olimpiadasini bronza medali bilan yakunladi. Shu tariqa O‘zbekiston delegatsiyasining turnirdagi medallari soni 8 taga yetdi: 2 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz