O‘zbekiston delegatsiyasi uchun to‘rtinchi bronzani Elmurod Tasmurodov taqdim etdi

Yunon-rum kurashi sport turining Rio—2016 bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Elmurod Tasmurodov mamlakat delegatsiyasi uchun to‘rtinchi bronza medalini taqdim etdi.

2-30-680x440

Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida kubalik sportchiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Tasmurodov, 3-o‘rin uchun kurashda qirg‘izistonlik Arsen Eraliyevni 13:8 hisobida mag‘lub etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi.

59 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqadagi bu bronza O‘zbekiston delegatsiyasi uchun to‘rtinchisi edi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz