Rishod Sobirov O‘zbekiston olimpiya termasiga Rio–2016 ning ikkinchi bronza medalini taqdim qildi

Rio–2016 Olimpiada o‘yinarida dzyudo bo‘yicha -66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Rishod Sobirov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

5b63420aadefdc8f3793f91fcde7a339

O‘zbekiston vakili avvaliga og‘ir kechgan o‘yinda qo‘shimcha vaqtda yuko bahosi evaziga Dmitriy Shershan ustidan g‘alaba qozondi. Keyin esa janubiy koreyalik An Bolga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchragan Sobirov bronza medali uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida dastlab Dominika Respublikasi vakili Vander Mateoni, keyin esa sloveniyalik Adrian Gambochni taslim etdi.

Rishod Sobirov uchun bu faoliyati davomidagi Olimpiada o‘yinlarida qo‘lga kiritgan uchinchi bronza medali edi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz