Ruslan Nuriddinov Rio—2016 Olimpiadasining O‘zbekiston uchun ikkinchi oltin medalini taqdim etdi

Rio—2016 Olimpiadasining og‘ir atletika sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ruslan Nuriddinov va Ivan Yefremov o‘z yurishini Toshkentga 16-avgust sanasi kirib kelgan bir paytda boshladi.

10-14-680x405

Ilk urinishda har ikki sportchi 185 kilogrammli, ikkinchisida esa Yefremov 189 kilogrammli, Nuriddinov 190 kilogrammni toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Uchinchi urinishda har ikki sportchi 194 kilogrammli natija qayd etdi.

Nuriddinov dast ko‘tarishda faqatgina bitta xatoga yo‘l qo‘ydi va 197 kilogrammli toshni o‘ziga bo‘ysundira olmadi. Shu tariqa Yefremov birinchi, Nuriddinov esa ikkinchi o‘rin bilan dast ko‘tarishni yakunladi.

Siltab ko‘tarishda Ivan Yefremov 220 kilogrammlik natija bilan umumiy ballini 414 ga yetkazdi. Biroq bu medallar uchun kurashishga yetmadi.

Ruslan Nuriddinov esa 237 kilogramm toshni o‘ziga bo‘ysundirib, umumiy 431 ballni qo‘lga kiritdi. So‘nggi urinishni amalga oshirgan armanistonlik sportchi 234 kilogrammni eplay olmagach, Ruslan 2016-yilgi Olimpiada o‘yinlari chempioniga aylandi. Bu hali hammasi emas, o‘zbekistonlik sportchi yakunda Olimpiada rekordini yangilashga muvaffaq ham bo‘ldi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz