Shahobiddin Zoirov Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun uchinchi oltin medalni tortiq qildi

Boksning 52 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shahobiddin Zoirov Rio—2016 oltin medali uchun rossiyalik Mixail Aloyan bilan ringga chiqdi.

shahobiddin_zoirov-1

Dastlabki raund rossiyalik charm qo‘lqop ustasining foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi raundda esa Shahobiddin Zoirovning qo‘li baland keldi. Hal qiluvchi raund Rio—2016 oltin medali egasini aniqlab berishi kerak edi.

Uchinchi raundda Shahobiddin aniq zarbalari bilan ajralib turdi va jangni o‘z foydasiga hal qilib, Rio—2016 Olimpiadasi chempioniga aylandi.

Bu O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Riodagi uchinchi oltin bo‘ldi. Shahobiddinga qadar bokschi Hasanboy Do‘stmatov va og‘ir atletikachi Ruslan Nuriddinov Olimpiada—2016 shohsupasining eng yuqorisidan joy olgandi.

Shahobiddin Zoirov final jangiga qadar irlandiyalik Brendan Irvin (1/16 final), amerikalik Antonio Vargas (1/8 final), ozarbayjonlik Elvin Mamishzade (1/4 final), venesuelalik Yoel Rivas kabi sportchilarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgandi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz