Shahram G‘iyosov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ilk kumush medalni taqdim etdi

Rio—2016 da 70 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi safida bokschi Shahram G‘iyosov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Shahram

Boksning 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida ishtirok etgan Shahram G‘iyosov Riodagi hisob bo‘yicha beshinchi jangida qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinovdan yengildi.

Hal qiluvchi bellashuvda u qozog‘istonlik raqibiga dastlabki ikki raundni boy berib qo‘ygani uchun yakunda ochkolar hisobi bo‘yicha ortda qoldi.

Qayd etish kerak, o‘zbekistonlik sportchi taslim qilgan so‘ngi ikki nafar bokschi mos ravishda Olimpiya va Jahon chempionlari hisoblanardi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz