Bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik omili

30-2

Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Milliy va diniy bag‘rikenglik – barqarorlik omili” mavzuida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi hamkorligida tashkil etilgan mazkur seminarda vazirlik va idoralar, turli diniy konfessiyalar, davlat va nodavlat tashkilotlari vakillari, oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi O.Yusupov, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari M.Karimov, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Sh.Turdiqulov, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori G‘.Rahimov, Toshkent islom instituti rektori U.G‘ofurov, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi rahbari N.Muhammadiyev va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, milliy va diniy qadriyatlarni e’zozlashga qaratilgan e’tibor samarasida millatlararo va diniy konfessiyalararo bag‘rikenglik, ahillik muhiti qaror topganini alohida ta’kidladi.

Turli millat va diniy konfessiyalar vakillari ahil-inoq yashab, jamiyat hayotini ravnaq toptirish yo‘lida samarali mehnat qilayotir. Ular o‘z diniy bayramlari va e’tiqod amallarini emin-erkin ado etmoqda. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi barcha fuqarolarning milliy qadriyatlarini rivojlantirish, ularning o‘zaro ahilligi va hamjihatligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutmoqda. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun jamiyatimizda diniy bag‘rikenglik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

– O‘zbekistondagi o‘zaro bag‘rikenglik, mehr-oqibat muhiti tinchlik va farovonlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda, – deydi O‘zbekistondagi Rim katolik cherkovi yepiskopi Yeji Matsulevich. – Mamlakatingizda odamlar tinch-xotirjam yashamoqda, o‘z orzulari, intilishlarini emin-erkin amalga oshirmoqda. O‘zbekistonda qaror topgan tinchlik, barqaror ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy muhit dunyo hamjamiyati havasini tortmoqda.

O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elat vakillari davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyotiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.

– Uch yildan buyon O‘zbekistonda istiqomat qilaman, – deydi O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining uchinchi bosqich talabasi, Turkmaniston fuqarosi Muhabbat Ahmedova. – O‘qishdagi do‘stlarim, kursdoshlarim bilan ahil-inoq, bir oiladek yashaymiz.

Seminarda tinchlikni mustahkamlashda diniy bag‘rikenglikning o‘rni, yosh avlod tarbiyasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarning roli, yoshlarni diniy bag‘rikenglik ruhida tarbiyalash va boshqa mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Tadbir doirasida milliy-madaniy markazlar, diniy tashkilotlar tomonidan tayyorlangan O‘zbekistondagi millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini aks ettirgan fotoko‘rgazma tashkil etildi. Milliy-madaniy markazlar badiiy jamoalari ishtirokida konsert namoyish etildi.

 


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz