Buxoroda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi

Buxoro viloyati endokrinologiya dispanserida “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi bilan hamkorlikda sog‘lomlashtirish aksiyasi o‘tkazildi.

11c

Viloyat endokrinologiya dispanserida o‘tkazilgan aksiya doirasida nazoratga olingan qandli diabetga moyil bolalarga tibbiy vositalar tarqatildi. Aholi tor yo‘nalishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tegishli tavsiyalar berildi. Dispanserda faoliyat yuritayotgan “Diabet maktabi” bemorlar va kasallikka moyillar uchun tibbiy maslahat markazi hisoblanadi.

O‘zbekistonda noyabr oyi – qandli diabetga qarshi kurash oyligi, deb e’lon qilingan. Oylik doirasida mahallalarda, ta’lim muassasalarida shifokorlar tomonidan sog‘lom turmush tarzi va ovqatlanish madaniyatini targ‘ib qilishga qaratilgan tadbir va davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, yoshlarni sportga jalb qilish maqsadida salomatlik marafonlari tashkil etilmoqda.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz