Navro‘z bayramini YuNESKO nomoddiy madaniy meroslari ro‘yxatiga kiritish taklifi ko‘rib chiqiladi

navroz28-noyabrdan 2-dekabrga qadar Addis-Abebada Nomoddiy madaniy meroslarni qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mitaning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi.

Uning ishtirokchilari YuNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatiga mashhur odatlar va ijod shakllari — an’anaviy qo‘shiqlar, urf-odatlar va bayramlarni kiritish uchun berilgan 37 ta yangi arizani ko‘rib chiqadi.

Nomoddiy madaniy meroslarni qo‘riqlash bo‘yicha hukumatlararo qo‘mita Nomoddiy madaniy merosni qo‘riqlash haqidagi konvensiya doirasida tashkil etilgan.

Uning bo‘lib o‘tishi kutilayotgan sessiyasida Navro‘z bayramini madaniy meroslar ro‘yxatiga kiritish taklifi ko‘rib chiqiladi. Tegishli ariza bir guruh davlatlar — Ozarbayjon, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Turkiya va O‘zbekiston tomonidan berilgan.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz