Paxtaoboddagi “Baxt uyi”ning ochilish marosimida uch oila nikohdan o‘tdi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish muassasasi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Daryo” mobil muxbiri ma’lum qildi.

3-49-680x474

Ushbu maskanda yoshlar nafaqat nikoh guvohnomasiga imzo chekadi, balki nikoholdi suhbatlari, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etilib, ularga oila mustahkamligi haqida tushunchalar beriladi.

Binoning tantanali ochilish marosimida ishtirok etgan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov tuman aholisini zamonaviy arxitektura uslubida va barcha qulayliklarga ega binoning ishga tushishi bilan qutladi.

Shundan so‘ng tadbirga tashrif buyurgan mehmonlar yangi binoda yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishib, uch yosh oilaning nikohdan o‘tish marosimiga guvoh bo‘ldi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz