2017-yilda Buxoroda 584 kam ta’minlangan oila va nogironlar yangi uyli bo‘ldi

11 (1)

Buxoro viloyatida uy-joyga muhtoj, nogiron va mehnatga layoqati cheklangan 51 fuqaroga uy-joy kalitlari tantanali ravishda topshirildi.

G‘ijduvon tumanidagi “Pozagari” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy massivda tashkil etilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Joriy yilda viloyatning qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida 1 ming 341 uy, viloyat markazida 6 ko‘p qavatli turar joy barpo etildi. Ularning 584 tasi kam ta’minlangan oilalar va nogiron fuqarolarga berilgan.

Tadbirda g‘ijduvonlik 8 nafar nogironga yangi qurilgan uylar kaliti topshirildi.
1.jpg

– Hozirgacha qaynotamga tegishli hovlining bir xonasida 2 farzandimiz bilan yashab keldik, – deydi II guruh nogironi Dilnoza Hamroyeva. – Bir hovlida to‘rt oila qisilib-qimtinib yashaganmiz. Turmush o‘rtog‘im ham II guruh nogironi. O‘z uyimiz bo‘lishini orzu qilardik. Mana, bugun uch xonali uyimiz bor. Imtiyozli asosda berilgan uy to‘lovining boshlang‘ich badali Prezident sovg‘asi sifatida to‘lab berildi. Men tumanimizdagi paxta tozalash zavodiga kasanachi bo‘lib ishga kirdim. Ish haqimning bir qismi uy qurilishi uchun sarflangan bank kreditini 15 yilda qoplash uchun yo‘naltirilishi juda qulay bo‘ldi. Bunday qulaylik uchun davlatimizdan minnatdormiz.

Tadbirda Shofirkon, Vobkent va Peshku tumanlari qishloqlarida namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uylar kaliti ham o‘z egalariga topshirildi.

Buxoro tumani Rabotak aholi punkti keyingi uch-to‘rt yilda zamonaviy shaharcha qiyofasini kasb etdi. Bu yerda ikki va to‘rt sotixli zamonaviy uylar yonida 16 xonadondan iborat 2 qavatli bitta uy bunyod etildi. Uyning 5 xonadoni nogironlarga berildi.

2 (1).jpg

– Necha yillardan buyon I guruh nogironi bo‘lgan oilali qizim va nabiralarim bilan ijarada yashab kelayotgan edik, – deydi yangi uy sohibasi Muhabbat Ro‘ziyeva. – Ochig‘i, qo‘limiz kaltaligi sabab, qachonlardir o‘z boshpanamiz bo‘lishini xayolimga ham keltirolmasdim. Bugun ikki xonali uy berilgani unutilmas voqea bo‘ldi. Xonalar stol-stul, sovutkich, televizor, umuman, barcha zarur narsalar bilan jihozlangan. Bunday e’tibordan boshimiz ko‘kka yetdi. Bizga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizdan behad minnatdormiz.

Yangi qad rostlagan uylar o‘rtasida Yangi yilga xos bezatilgan maydondagi quvonchli shodiyonada Olot, Qorako‘l, Kogon, Jondor, Romitan tumanlari va Buxoro shahridan nogironligi bo‘lgan oilalar vakillari ham ishtirok etdi. Ularga o‘z yashash hududlarida namunaviy loyihalar asosida qurilgan arzon uylar kaliti topshirildi.

5.jpg

“Uylar muborak bo‘lsin!” degan qutlovlardan baxtiyor insonlar quvonchi bir olam. Joriy yil oxiriga qadar yana 19 ehtiyojmand oilaga shunday uylar topshiriladi.

 


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz