Buxoro shahrida harbiy xizmatchilarga mo‘ljallangan 2 ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi

Prezidentimizning joriy yil 30-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun uy-joy qurish dasturi to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Buxoro shahrida harbiy xizmatchilar uchun har biri 18 xonadonga mo‘ljallangan ikkita ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi.

7.jpg

– Yangi yil arafasida ikki xonali zamonaviy uyga ko‘chib o‘tganimizdan juda xursandmiz, – deydi mayor Bekmurod Atakov. – Bu oilamiz uchun ajoyib bayram sovg‘asi bo‘ldi. Uy narxining 25 foizi boshlang‘ich badal sifatida davlat tomonidan to‘lab berildi. Qolgani uchun bank tomonidan berilgan ipoteka kreditini 10 yil davomida to‘lab borishim esa oila byudjeti uchun juda foydali.

5.jpg

Ikkita ko‘p qavatli uy o‘rtasida attraksionlar o‘rnatilgan o‘yin maydonchasi barpo etilgani, ayniqsa, bolajonlar ko‘nglini shod qildi.
Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni polkovnik R.Xalilov so‘zga chiqdi.

 


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz