Buxoroda “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Buxoroda “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan bir qator tashkilot va muassasalar hamkorligida tashkil etilgan tanlov yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

9.jpg

– Tanlovning quyi bosqichlarida 14-19 va 20-30 yosh toifasida 12 ming 800 kitobxon ishtirok etdi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat Rahmonov. – Ular orasidan 26 nafari tanlovning viloyat bosqichida bilim va iste’dodini namoyish qildi.Ishtirokchilarning ijtimoiy-siyosiy bilimi, ma’naviy-ma’rifiy, tarixiy asarlar, badiiy kitoblarning mazmun-mohiyati to‘g‘risidagi sharhlari, o‘zlari tanlagan adib hayoti va ijodiy faoliyati bo‘yicha taqdimotlari hamda she’rni ifodali o‘qishi va uning g‘oyaviy ahamiyati bo‘yicha talqini baholandi.

14-19 yoshlilar o‘rtasida Buxoro tibbiyot instituti qoshidagi 1-akademik litsey o‘quvchisi Nodirbek Murodullayev, 20-30 yoshlilar toifasida Buxoro davlat universiteti talabasi Nasiba Eshonqulova birinchi o‘rinni egalladi.

8.jpg

– Badiiy adabiyotga juda qiziqaman, – deydi Nodirbek Murodullayev. – Bu oilamizdagi kitobxonlik muhiti bilan ham bog‘liq. Uyimizda mo‘jazgina oilaviy kutubxona bor. Badiiy kitob insonning ichki dunyosini boyitish, hayotda o‘z o‘rnini topishida ma’naviy quvvat beradi.G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz