Farg‘onada “Mahalla mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

3-1

Farg‘onada “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan “Mahalla mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 jamoa bahslashdi.

Uch bosqichli tanlovda mahallalarda istiqomat qiluvchi, hududdagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlar zukkolik, bilimdonlik bobida hech kimdan kam emasliklarini isbotlab kelmoqda.

2-_1_-1

Tanlovning mahallalararo saralash bosqichida fuqarolar yig‘inlarining soni, ularning geografik joylashuvidan kelib chiqib, 162 hudud bo‘yicha 1028 fuqarolar yig‘ini jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Farg‘ona shahridagi “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘inining “Adolat” jamoasi birinchi, Bag‘dod tumanidagi “Xitoy” mahalla fuqarolar yig‘inining “Barkamol avlod” jamoasi ikkinchi, O‘zbekiston tumanidagi “Yakkatut” mahalla fuqarolar yig‘inining “Kelajak yulduzlari” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz