Farg‘onada “Yilning eng yaxshi kitobxoni” forumi bo‘lib o‘tdi

10

Viloyat hokimligi, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir-yozuvchilar, olimlar, talaba-yoshlar, o‘quvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va tarmoqlarda izchil o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni qaror toptirishga, xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkurini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirishda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

4.JPG

Prezidentimizning 2017-yil 13-sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Kitobxonlikni rivojlantirish, o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmasini yuksaltirish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etib, tengdoshlariga namuna bo‘layotgan kitobxonlarni rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi kitobxoni” forumi tashkil etildi.

Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan forumda “Kutubxonaning kitobsevari”, “Matbuot nashrlari ishqibozi”, “Yangi avlod kitobxoni”, “Eng faol va tashabbuskor kitobxon”, “Eng kichik kitobxon” nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, hamkor tashkilotlar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

5.JPG

– Yuksak intellektual salohiyatli avlodni tarbiyalashning eng oddiy usuli – kitob o‘qishni o‘rgatish va bu eng qiziqarli mashg‘ulot ekanini tushuntirib berish, – deydi Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori Shohidbek Aslonov. – Eng muhimi, ularga yoqadigan kitoblar topish va ularni o‘qishga imkoniyat yaratib berishdir. Shu ma’noda, bugun yoshlarimiz keng foydalanayotgan ijtimoiy tarmoqlar orqali ularni kutubxonaga jalb etishga harakat qilyapmiz. Feysbuk, instagram, telegramm tarmoqlarida har kuni bittadan yangi kitob yoshlarga o‘qish uchun tavsiya etilmoqda. “Men o‘qishni sevaman”, “Kutubxona mening hayotimda” aksiyalari, “Erkin kamera” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bu yoshlarni kutubxonaga keng jalb etishga yordam berayotir. Bugungi kunda markazimizning 30 mingga yaqin a’zosi bor va ular bu yerdagi imkoniyatlardan to‘laqonli foydalanmoqda. Yil davomida 8 ming 355 kitobxon ro‘yxatga olindi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 2 ming 500 ga ko‘p demakdir. A’zolarimizning kutubxonaga qatnovi 173 ming martaga yetdi va ular yarim milliondan ortiq kitob o‘qidi.

Forumni har yili dekabr oyining ikkinchi yarmida o‘tkazishga kelishib olindi.

6 (1).JPG

Tadbir davomida Farg‘ona shahar san’at kollejining “Nihol” ansambli tomonidan o‘zbek va jahon klassik asarlari jonli ijro etildi.

O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz