Imkoniyati cheklangan fuqarolarga yangi uylarning kaliti topshirildi

2_1_

Kuchli ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida bu boradagi ezgu ishlar ko‘lami yanada kengaydi.

4.jpg

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 42 fuqaroga yangi xonadonlar kaliti topshirilgani ham Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat, xalqimizga xos insonparvarlik fazilatining yana bir yorqin ifodasi bo‘ldi.

1 (1).jpg

Nukus shahrining 20-“Ko‘neqala” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, ilgari akademik litsey yotoqxonasi bo‘lgan uch qavatli binoda 922 million so‘mlik rekonstruksiya ishlari bajarilib, aholi yashashi uchun barcha qulayliklar yaratildi. Imtiyozli ipoteka krediti asosida topshirilayotgan uylarning boshlang‘ich badali Prezidentimiz tomonidan to‘lab berilmoqda.

10.jpg

Imtiyozli asosda uyga ega bo‘lganlar orasida shaharning Gulzor mahallasida 7 yoshli o‘g‘li Asadbek Ermatov bilan ota-onasi qaramog‘ida yashayotgan I guruh nogironi Guliston Abdukarimova ham bor.

12.jpg

– Bir kun kelib shunday uyda emin-erkin, o‘z bilganingday yashaysan, deyishsa, hech ishonmasdim, – deydi G.Abdukarimova. – O‘z uying, o‘lan-to‘shaging deganlari rost, buning nimaligini farzandi bilan keksa ota-onasi qaramog‘ida yashaydiganlar juda yaxshi biladi. Yangi uy o‘ylaganimdan ham ziyoda, barcha qulaylik bor. O‘ksik ko‘ngillarni tog‘dek ko‘taradigan bunday xayrli ishlar tashabbuskori bo‘lgan davlatimiz rahbaridan juda-juda minnatdorman.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov so‘zga chiqdi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz