Navoiy shahrida ikkita 3 qavatli uy foydalanishga topshirildi

Navoiy shahrida ikkita 3 qavatli uy foydalanishga topshirildi

Yangi yil bayrami oldidan Navoiy shahridagi Bunyodkor mahallasida harbiy xizmatchilar uchun 36 xonadonga mo‘ljallangan 3 qavatli ikkita uy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov va boshqalar mamlakatimizda zamonaviy yechim va noyob arxitektura andozalari asosida ko‘rkam inshootlar qurilayotgani aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, eng muhimi, yosh hamda ehtiyojmand oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda muhim omil bo‘layotganini ta’kidladi.

10.JPG

Mazkur ko‘p qavatli uylar davlatimiz rahbarining joriy yil 30 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun turar joylar qurish dasturi to‘g‘risidagi qarori asosida 2 milliard 400 million so‘m mablag‘ evaziga qisqa muddatda bunyod etildi.

2.JPG

Navoiy shahridagi harbiy qismda xizmat qilayotgan Obidjon Umarov oilasiga uch xonali xonadon kaliti topshirildi.

1.JPG

– Yangi yilni yangi uyda nishonlaymiz, – deydi O.Umarov. – Zamonaviy uyda bir oilaning baxtiyor hayot kechirishi uchun barcha sharoit muhayyo. Biz, harbiylarning oila a’zolariga munosib turmush sharoiti yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz