“Qaqnus” – Jizzaxda birinchi

“Qaqnus” – Jizzaxda birinchi

G‘allaorol tumanidagi «Madaniyat» mahalla fuqarolar yig‘inining “Qaqnus” jamoasi “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egalladi. 

Jizzax shahridagi «Qassoblik» mahalla fuqarolar yig‘inining “Omad” va Do‘stlik tumanidagi «Mevazor» mahalla fuqarolar yig‘inining “Mevazor” jamoalari ikkinchi va uchini o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bir necha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi.

– Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va ishtirok etish davomida Vatan ichra mo‘jaz vatan bo‘lgan mahallamiz haqidagi bilimlarimiz yanada boyidi, – deydi “Qaqnus” jamoasi sardori, G‘allaorol tibbiyot kolleji o‘quvchisi Zuhra Qarshiboyeva. – Mahallaning jamiyatda, oila va inson hayotida tutgan o‘rnini o‘rganish davlatimiz tomonidan yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirilayotgan ezgu ishlar ko‘lami va mohiyatini to‘la his etishimizda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tanlovda 12 jamoa ishtirok etdi.

Ishtirokchilar o‘z mahallasi haqida, yoshlarning jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida mahallaning o‘rni to‘g‘risidagi taqdimotlarini slaydlar orqali namoyish etdi. “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligi mexanizmi, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlar hamda ma’naviyatga oid savollarga javob berdi. “Mahalla – mening taqdirimda” mavzusida insho yozdi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz