Shavkat Mirziyoyev 2018 yil nomini e`lon qildi

F5SWLCr4RZf9VQxPLf6EIp9-H9nr3jtQ

Bugun, 22 dekabr kuni Simpoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e`lon qilindi.

Yig’ilishda parlament rahbariyati va a`zolari, O’zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shavkat Mirziyoyev yig’ilishda nutq so’zladi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2018 yilni O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili» deb e`lon qilishni taklif etdi.

O’zbekiston Prezidentining bu taklifi yig’ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo’llab-quvvatlandi.

«Bu masala bo’yicha ko’p o’yladik, ko’p maslahatlashdik. Yil davomida kelgan ko’plab murojaatlar, fikr-mulohazalar e`tiborga olindi. Ish o’rinlarini yaratmasak odamlar bizdan rozi bo’lmaydi, ko’p muammolar bor yo’l yo’q, svet, gaz yo’q, nogironlar qancha, hammasini yashirib yurdikku? Nom qo’yishda juda o’yladim, natija berishi kerak, chiroyli qilib ko’chaga yozib qo’yish emas bu.

Men yangi – 2018 yilga yurtimizda Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo’llab-quvvatlash yili , deb nom berishni taklif etaman.

Yangi fikr, g’oya, innovatsiya bo’lmasa, keyingi kunda yuta olmaymiz, har hokim buni bilishi kerak», dedi prezident.

Ma`lumot uchun, O’zbekistonda 1997 yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo’nalishlarini ifoda etadigan nom berish an`anaga aylangan. 1997—2017 yillar oralig’ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

2017 yil — «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»
2016 yil — Sog’lom ona va bola yili
2015 yil — Keksalarni e`zozlash yili
2014 yil — Sog’lom bola yili
2013 yil — Obod turmush yili
2012 yil — Mustahkam oila yili
2011 yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
2010 yil — Barkamol avlod yili
2009 yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
2008 yil — Yoshlar yili
2007 yil — Ijtimoiy himoya yili
2006 yil — Homiylar va shifokorlar yili
2005 yil — Sihat-salomatlik yili
2004 yil — Mehr va muruvvat yili
2003 yil — Obod mahalla yili
2002 yil — Qariyalarni qadrlash yili
2001 yil — Onalar va bolalar yili
2000 yil — Sog’lom avlod yili
1999 yil — Ayollar yili
1998 yil — Oila yili
1997 yil — Inson manfaatlari yili


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz