“Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

2-1

O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda uning shahar va tuman bosqichlari g‘oliblari bilim va mahoratini namoyish etdi.

Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tanlov ham turli sohalarda mehnat qilib, jamiyatimizda yuz berayotgan yangilanishlarga munosib hissa qo‘shayotgan tashabbuskor, izlanuvchan, ijodkor va ishbilarmon xotin-qizlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Tanlovda “Yilning eng muruvvatli ayoli”, “Eng bilimdon ayol”, “Yilning eng tadbirkor ayoli”, “Ijodkor ayol”, “Milliy qadriyatlarini ulug‘lagan yil ayoli”, “O‘z kasbining ustasi bo‘lgan yil ayoli”, “Ibratli oilaning namunali bekasi”, “Yilning eng zo‘r ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibotchisi”, “Sanoatda saodat topgan yil ayoli” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi. G‘oliblar tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

5-1

– Izlanish va intilishlarim munosib baholanganidan xursandman, – deydi tanlov g‘oliblaridan biri, Termiz davlat universiteti dotsenti Dilbar Qodirova. – Bunday tadbirlar biz, ayollarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida yanada faol ishtirok etishga undaydi.

 


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz