90 yillik teatr akademik teatr darajasini oldi

8

Nukusda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri tashkil topganining 90 yilligi nishonlandi.

– Qoraqalpoq milliy madaniyati va san’atining o‘chog‘i bo‘lib kelayotgan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri o‘zining 90 yillik faoliyati davomida tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘lgan ko‘plab asarlarni sahnalashtirdi, – deydi teatr direktori Qalboy Turdiyev. – Bu dargohdan ulkan san’at darg‘alari yetishib chiqdi. Ular yaratgan yorqin siymolar tomoshabinlar qalbidan chuqur joy olib, qoraqalpoq milliy san’ati solnomasiga zarhal harflar bilan bitilgan.

Teatr xalqimiz, xususan, yoshlarning ma’naviy olamini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qilib kelmoqda. Teatr ijodiy jamoasi amalga oshirayotgan bunday xayrli ishlar yuksak baholanib, joriy yilda jamoaga akademik teatr darajasi berildi.

Yubiley munosabati bilan o‘tkazilgan bayram tadbirida viloyatlar va Toshkent shahri teatr jamoalaridan tashrif buyurgan taniqli san’at namoyandalari, shoir va yozuvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unda teatr bosib o‘tgan ijod yo‘li aks ettirilgan videofilm, san’at ustalarining konsert dasturi va turli yillarda sahnalashtirilgan spektakllardan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz