Andijonlik Maftuna Abdumuxtorova xalqaro festival sovrindori bo‘ldi

2_1_

Joriy yil 10-15-oktabr kunlari Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan an’anaviy “Mug‘om” xalqaro festivalida Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchisi Maftuna Abdumuxtorova 3-o‘rinni egalladi.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida musiqa va san’at maktablarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, navqiron avlod iste’dod va salohiyatini to‘laqonli namoyon etishi uchun zamonaviy sharoit yaratishga qaratilgan alohida e’tibor samarasida yoshlarimiz xalqaro miqyosdagi nufuzli tanlov va festivallarda Vatanimiz sharafini ulug‘lamoqda.

Dunyoning ko‘plab davlatlaridan iste’dodli yoshlar ishtirok etgan festivalda Maftuna ijrosidagi milliy maqom qo‘shiqlari muxlislar va mutaxassislar tomonidan yuqori baholandi. Endi 13 yoshni qarshilagan Maftuna bunga qadar ham qator tanlov va festivallarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

– “Mug‘om” xalqaro festivalida O‘zbekiston yoshlari hech kimdan kam emasliklarini yana bir bor namoyish etganimizdan xursandmiz, – deydi M.Abdumuxtorova. – Ayniqsa, Uvaysiy g‘azali bilan aytiladigan “Tokay” qo‘shig‘i barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi. Quvonganimdan tezroq Vatanimga borish, bu haqda ota-onamga, ustozlarim va do‘stlarimga faxr bilan so‘zlab bergim keldi. Men kabi millionlab yoshlarning turli sohalarda jiddiy shug‘ullanishi, iste’dodini namoyon etishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratib berayotgan yurt farzandi ekanimdan faxrlanaman.

27-10-2016

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA

O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz