Buxoroda uy bekalari va qizlar jamoalari bahslashdi

1Buxoroda uy bekalari va 10 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida “Gimnastika barcha uchun” sport festivali bo‘lib o‘tdi.

Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi, viloyat madaniyat va sport ishlari boshqarmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni voyaga yetkazish, xotin-qizlarni sportga keng jalb etish, oilalarda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida amalga oshirilgan izchil ishlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Musobaqa ishtirokchilarining chiqishlari badiiy obrazlilik, musiqa va xoreografik harakatlar uyg‘unligi, o‘ziga xoslik kabi mezonlar asosida baholandi.

– Jamoamiz bir necha yildan buyon shahrimizdagi “Yoshlik” sport majmuasining sog‘lomlashtirish guruhida shug‘ullanib keladi, – deydi Buxoro shahrining “Gulshan” jamoasi a’zosi, “Eng yaxshi obraz” nominatsiyasi g‘olibi Nodira Tillayeva. – Jamoamiz tarkibida 6 yoshli nabiram Asal ham qatnashdi.

Festivalda “Eng yaxshi kompozitsiya”, “Eng yaxshi saralangan gimnastika elementlari”, “Eng yaxshi obraz”, “Eng yaxshi dinamika”, “Eng yaxshi xoreografiya” kabi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

 

 


O'xshash maqolalar


  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz