Rio-2016 G’oliblari

Magomed Ibragimov O‘zbekistonga yettinchi bronza medalni olib keldi

Rio—2016 Olimpiada dasturidan o‘rin olgan erkin kurash bahslarining -97 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan O‘zbekiston vakili Magomed Ibragimov bronza medali uchun o‘tish o‘yinining ikkinchisida ham g‘alaba qozonib, bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Magomed Ibragimov bronza medali uchun o‘tish bahsida avval ozarbayjonlik Xetag Gazyumovni, keyin esa ukrainalik Valeriy Andreysevni mag‘lubiyatga uchratib, bronza medaliga ega chiqdi.

Shahobiddin Zoirov Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston delegatsiyasi uchun uchinchi oltin medalni tortiq qildi

Boksning 52 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Shahobiddin Zoirov Rio—2016 oltin medali uchun rossiyalik Mixail Aloyan bilan ringga chiqdi. Dastlabki raund rossiyalik charm qo‘lqop ustasining foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi raundda esa Shahobiddin Zoirovning qo‘li baland keldi. Hal qiluvchi raund Rio—2016 oltin medali egasini aniqlab berishi kerak edi. Uchinchi raundda Shahobiddin […]

Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 Olimpiadasida O‘zbekiston uchun to‘rtinchi oltin medalni sovg‘a qildi

Boksning 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 oltin medali uchun ozarbayjonlik Kollazo Sotomayor bilan ringga chiqdi. Kelib chiqishi kubalik bo‘lgan sportchiga qarshi jangning birinchi raundi qo‘llari uzun bo‘lgan ozarbayjonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi. Ikkinchi raundda hakamlar g‘olibni aniqlashda ikkiga bo‘linib qoldi. Hal qiluvchi raundda esa o‘zbekistonlik sportchi […]

Erkin kurashda Ixtiyor Navro‘zov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun oltinchi bronza medalini taqdim etdi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Ixtiyor Navro‘zov Rio—2016 Olimpiadasining bronza medali uchun mo‘g‘ulistonlik Ganzorigiyn Mandaxnaranga qarshi gilamga chiqdi. Mo‘g‘ulistonlik sportchi 7:6 hisobida oldinda borayotgan bir paytda, aniqrog‘i, kurash yakuniga 5 soniya qolganida u Ixtiyor Navro‘zdan qocha boshladi va buning oqibatida o‘zbekistonlik kurashchiga 1 ochko berildi. So‘nggi ochko ustunligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchi yakunda bronza medalini qo‘lga kiritdi. […]

Bektemir Meliqo‘ziyev Rio—2016 Olimpiadasi kumush medal sohibi bo’ldi

Rio—2016 Olimpiadasining 75 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi bellashuvda O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bektemir Meliqo‘ziyev final jangida ringga ko‘tarildi. Hal qiluvchi jangga qadar avstraliyalik Deniyel Lyuis, hindistonlik Vikas Krishan Yadav, meksikalik Misael Rodriges kabi sportchilarni mag‘lub etgan Bektemir Meliqo‘ziyev, finalda kubalik Arlen Lopesga ochkolar bo‘yicha imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bektemir Meliqo‘ziyev O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Shahram G‘iyosovdan […]

Shahram G‘iyosov O‘zbekiston delegatsiyasi uchun ilk kumush medalni taqdim etdi

Rio—2016 da 70 nafar sportchi bilan ishtirok etayotgan O‘zbekiston delegatsiyasi safida bokschi Shahram G‘iyosov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Boksning 69 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilari o‘rtasidagi musobaqasida ishtirok etgan Shahram G‘iyosov Riodagi hisob bo‘yicha beshinchi jangida qozog‘istonlik Daniyar Yeleusinovdan yengildi. Hal qiluvchi bellashuvda u qozog‘istonlik raqibiga dastlabki ikki raundni boy berib qo‘ygani uchun yakunda ochkolar hisobi bo‘yicha […]

Murodjon Ahmadaliyev O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Rio—2016 dagi beshinchi bronzani taqdim etdi

Rio—2016 Olimpiadasida o‘z yurishini 1/8 finaldan boshlab, yakunda yarim finalga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev hal qiluvchi jang yo‘lida ringga ko‘tarildi. Turnirdagi ishtirokini qozog‘istonlik Qayrat Yeraliyevni mag‘lub etish bilan boshlagan Ahmadaliyev, chorak finalda argentinalik Alberto Melianni 1-raundning o‘zidayoqnokautga uchratgandi. Final oldidan u kubalik Robeysi Ramiresga qarshi jang qildi. Mazkur jangda o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi […]

Ruslan Nuriddinov Rio—2016 Olimpiadasining O‘zbekiston uchun ikkinchi oltin medalini taqdim etdi

Rio—2016 Olimpiadasining og‘ir atletika sport turida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Ruslan Nuriddinov va Ivan Yefremov o‘z yurishini Toshkentga 16-avgust sanasi kirib kelgan bir paytda boshladi. Ilk urinishda har ikki sportchi 185 kilogrammli, ikkinchisida esa Yefremov 189 kilogrammli, Nuriddinov 190 kilogrammni toshni o‘ziga bo‘ysundirdi. Uchinchi urinishda har ikki sportchi 194 kilogrammli natija qayd etdi. Nuriddinov dast […]

O‘zbekiston delegatsiyasi uchun to‘rtinchi bronzani Elmurod Tasmurodov taqdim etdi

Yunon-rum kurashi sport turining Rio—2016 bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Elmurod Tasmurodov mamlakat delegatsiyasi uchun to‘rtinchi bronza medalini taqdim etdi. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida kubalik sportchiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Tasmurodov, 3-o‘rin uchun kurashda qirg‘izistonlik Arsen Eraliyevni 13:8 hisobida mag‘lub etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. 59 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqadagi bu bronza […]

Hasanboy Do‘stmatov Rio—2016 oltin medallariga ega chiqdi

Rio—2016 Olimpiadasiga jo‘nab ketgan 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi orasidan Hasanboy Do‘stmatovga birinchi bo‘lib final jangiga chiqib kelish nasib qildi. Hal qiluvchi jangda  aniq harakatlari bilan ajralib turgan o‘zbekistonlik sportchi raqibiga imkoniyat qoldirmadi va O‘zbekiston delegatsiyasiga Rio—2016 dagi birinchi oltin medalni taqdim etdi.

Rustam To‘laganov Rio—2016 bronzasini qo‘lga kiritdi

Rio—2016 Olimpiadasidagi dastlabki ikki jangni o‘z foydasiga hal qilib, yarim finalga qadar yetib kelgan o‘zbekistonlik bokschi Rustam To‘laganov final uchun rossiyalik Yevgeniy Tishchenkoga qarshi ringga ko‘tarildi. 91 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqadagi uchinchi jangini To‘laganov birinchi raundni boy berish bilan boshladi. Ikkinchi raundda birinchisiga qaraganda yaxshiroq harakat qilgan bo‘lsa-da, hakamlar rossiyalik sportchining g‘alabasini qayd etdi […]

Rishod Sobirov O‘zbekiston olimpiya termasiga Rio–2016 ning ikkinchi bronza medalini taqdim qildi

Rio–2016 Olimpiada o‘yinarida dzyudo bo‘yicha -66 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik Rishod Sobirov bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston vakili avvaliga og‘ir kechgan o‘yinda qo‘shimcha vaqtda yuko bahosi evaziga Dmitriy Shershan ustidan g‘alaba qozondi. Keyin esa janubiy koreyalik An Bolga qarshi bahsda mag‘lubiyatga uchragan Sobirov bronza medali uchun o‘tkazilgan saralash bosqichida dastlab Dominika Respublikasi vakili Vander […]

Diyorbek O‘rozboyev Rio–2016 Olimpiadasining bronza medali sovrindori bo‘ldi

Rio–2016 Olimpiadasining dastlabki kun bellashuvlarida dzyudo bo‘yicha -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan Diyorbek O‘rozboyev O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga ilk medalni taqdim qildi. Bronza medali uchun o‘tish bellashuvida braziliyalik Felipe Kitadini mag‘lub etgan Diyorbek bronza medali uchun bahsda gruziyalik Amiran Papinashviliga qarshi tatamiga chiqdi. Shiddatli va murosasiz kechgan bellashuv o‘zbekistonlik dzyudochining g‘alabasi bilan yakunlandi.

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz