SPORTCHILAR

1-32-680x518-1

Elmurod Tasmurodov

Yunon-rum kurashi sport turining Rio—2016 bellashuvlarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Elmurod Tasmurodov mamlakat delegatsiyasi uchun to‘rtinchi bronza medalini taqdim etdi. Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida kubalik sportchiga imkoniyatni boy berib qo‘ygan Tasmurodov, 3-o‘rin uchun kurashda qirg‘izistonlik Arsen Eraliyevni 13:8 hisobida mag‘lub etdi va bronza medalini qo‘lga kiritdi. 59 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi musobaqadagi bu bronzaO‘zbekiston […]

anx37v14718107315454_b

Shaxobiddin Zoirov

Zoirov Shahobiddin Shokirovich – 1993 yilning 3 mart kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida tavallud topgan. 2011 yili Buxoro olimpiya zahiralari kollejini tamomlagan. 2012 yildan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi. 2014 yili Janubiy Koreyaning Incheon shahrida bo‘lib o‘tgan XVII Osiyo o‘yinlarida kumush medal sohibi bo‘lgan. Shahobiddin Zoirov Xitoyning Kuinan shahrida XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarining yo‘llanmalari uchun o‘tkazilayotgan […]

Fazliddin G‘oibnazarov

G‘oibnazarov Fazliddin

Fazliddin G‘oibnazarov (1991 yil 16 iyunda tug‘.)—o‘zbek bokschisi. U chapaqay bo‘lgan. O‘zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya institutini tamomlagan. 2015 yil bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida kumush medali sovrindori bo‘ldi. Fazliddin G‘oibnazarov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Boksning 64 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi Olimpiada musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Fazliddin G‘oibnazarov Rio—2016 […]

rustam_tolaganov-2-680x495

Ruslan Nuriddinov

Ruslan Shamil’evich Nurudinov — 1991 yil 24 noyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan, oʻzbekistonlik ogʻir atletikachidir. 2013-yil oktabrida Polshada oʻtkazilgan ogʻir atletika chempionatida 105 kg vaznda qatnashib, oltin medal oldi. Ruslan Nurudinov xalqaro maydondagi dastlabki gʻalabasini 2009-yili Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qoʻlga kiritgan va oltin medalga sazovor boʻlgan. R.Nurudinov 2011-yili Fransiyadagi jahon chempionatida […]

5-19-680x487

Hasanboy Do‘stmatov

Hsanboy Do‘smatov 21 noyabr 1972 yil O‘zbekistonda tug‘ilgan. Hasanboyasanboy Do‘smatov — o‘ta texnik va yuqori tezlikdagi bokschi, kuchli nokaut holatiga keltiruvchi (yengil vazn toifasida kam uchraydigan), Butunjahon Universiadasi-2013 oltin medal sohibi, O‘zbekiston chempioni (2011, 2012, 2012, 2014). Bizning bokschimiz WSB (Butunjahon boks qismi) turniri “Ukraina atamanlari” tarkibida ishtirok etib, Rio-2016 Olimpiada yo‘llanmasiga peshqadamliq qildi. Qozon […]

c0b527d205d17062c86bb32077731ed1

Ahmedov Odil Olimjonovich

Odil Olimjonovich Ahmedov —Oʻzbekistonlik futbolchi. Ampluasi yarimhimoyachi, asosan markaziy va tayanch yarimhimoyachisi sifatida oʻynaydi.Oʻzbekiston milliy terma jamoasiva Rossiyaning «Krasnodar»klubi futbolchisidir. Odil Ahmedov 1987-yilning 25-noyabr kuni Namangan shahrida tugʻilgan. 2000-yillarning boshida U «Havbahor» va Toshkentning «Lokomotiv» futbol klublari akademiyasida tahsil olgan. Keyinroq U Toshkentning «Paxtakor» klubi oʻrinbosarlar tarkibida oʻynashni boshlagan. 2006-yilda Rossiyalik taniqli futbol mutaxassisi — Valeriy Kuzmich Nepomnyashiy «Paxtakor» bosh murabbiyi etib tayinlanadi. Aynan Valeriy Nepomnyashiy Odil Ahmedovning oʻrinbosarlar jamoasidagi oʻyinini kuzatib uni […]

Rishod Sobirov

Rishod Sobirov

Rishod Rashidovich Sobirov 1986-yil, 11-sentyabrda Buxoro viloyati, Jondor tumanida tugʻilgan. 2008-yil Buxoro Davlat Universitetini tamomlagan. Rishod Sobirov sportning dzyudo turi boʻyicha Oʻzbekiston sharafini halqaro arenalarda munosib himoya qilayotgan sportchilardan biri. Rishod Sobirov dzyudo boʻyicha Respublika va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan. 2005-yil 12-14 noyabr kunlari Xitoyning Taypey shahrida yoshlar oʻrtasida […]

Ravshan Ermatov

Ravshan Ermatov

Ravshan Sayfiddinovich Ermatov – Oʻzbekistonlik futbol hakami. 1977-yil 9-avgust kuni Toshkent shahrida tugʻilgan. 2014-yilgi Jahon Chempionati hakamlaridan biri. Ravshan Ermatov 1977-yil, 9-avgust kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. Hozirda Toshkentda istiqomat qiladi. U FIFA tomonidan 2003-yildan beri xalqaro hakamlikka tayinlangan. Ravshan Ermatov Kanadada oʻtkazilgan 2007-yilgi FIFA U-20 Jahon Chempionatida hakamlik qilib, Gambiya – Meksika, hamda Chili […]

Rustam Qosimjon

Rustam Qosimjonov

Rustam Qosimjonov 1979 yilning 5 dekabrida Toshkent shahrida tug’ilgan. Jaji Rustamning shaxmatga ko’ngil qo’yishida oilasining hissasi katta bo’ldi. Rustamning onasi Mehrixon opa o’g’lining bolaligini shunday eslaydi. Rustam go’dakligida serxarxasha bola bo’lgan. Lekin 2-3 yoshga kirganida mozaiki, konstruktor kabi qunt va sabr talab qiladigan o’yinlarni o’ynab o’tirardi. Bu paytga kelib ancha esi kirgan, injiqliklari kamayib, mo’minqobil […]

Mirjalol Qosimov

Mirjalol Qosimov

1970 yilning 17 sentabrida Toshkent shahrida tug’ilgan. Futbol bo’yicha o’smirlar o’rtasida jahon va Yevropa chempioni. XII Osiyo o’yinlari g’olibi. Mirjalol katta futbolga yo’lni mahalla futbolidan boshlagan. 1985-1986 yillarda Moskvadagi oliy futbol maktabida tahsil ko’rdi. Bolaligida tengkurlari orasida o’z iste’dodi bilan ajralib turgan Mirjalolni “Chig’atoy” futbol maktabiga qabul qilishdi. Bu yerda Mirjalol xizmat ko’rsatgan sport ustozi […]

Iroda To‘laganova

Iroda To‘laganova

Iroda To‘laganova – 1982 yilning 7 yanvarida Toshkentda tug‘ilgan. Tennis bo‘yicha qizlar o‘rtasida “Uimbldon” turniri va AQSh ochiq chempionati g‘olibi, Osiyo chempioni. Butunjahon o‘smirlar o‘yinlarining bronza medali sovrindori. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi”. “Shuxrat” medali soxibi. Tarjimai hol Iroda sakkiz yoshidan buen “Paxtakor” tennis kortida ustozi Vladimir Kaplandan sabok, oladi. Shuningdek, chet ellardagi mashxur tennis […]

Elshod Rasulov

Elshod Rasulov

Bugun dunyodagi eng ilg‘or sportchilarning e’tibori kelasi yili Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘ladigan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan olimpiya yo‘llanmalarini qo‘lga kiritishga qaratilgan. Yurtimizda kamol topayotgan iste’dodli yigit-qizlar ham eng kuchli sportchilar kurashida g‘olib chiqib, olimpiya litsenziyalarini jamg‘armoqda. Yaqinda Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida hamyurtlarimizdan Elshod Rasulov, Jasur […]

artur taymazov

Artur Taymazov

Artur Borisovich Taymazov kelib chiqishi Osetin bo‘lgan O‘zbekistonlik erkin kurashchidir. 1979 yil 20 iyulda Shimoliy Osetiyaning Nogir qishlog‘ida tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kunda Toshkentning “Dinamo” klubi a’zosi. U uch karra Olimpiada chempioni (2004, 2008 va 2012 yillar), Sidney-2000 Olimpiadasi kumush medal sovrindori, ikki karra jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni, uch karra Osiyo o‘yinlari g‘olibidir. 2004 […]

Abbos  Atoyev

Abbos Atoyev

Abbos Abdurazzoqovich Atoyev 1986-yil 7-iyun kuni Buxoro viloyati, Vobkent tumanida tugʻildi. 2008-yil Buxoro Davlat Universitetini tamomlagan. 2004-yilda Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan yoshlar orasida jahon chempionatida bronza medali sovrindori, 2004-yilda Turkiyada boʻlib oʻtgan talabalar orasida jahon chempionatida kumush medali sovrindori. 2007-yilda Moʻgʻulistonda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida, 2007-yil Amerika Qoʻshma Shtatlari jahon chempionatida oltin medalni qoʻlga kiritgan. […]

anastasiya_serdyukova_002-566x600

Anastasiya Serdyukova

Badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi yetakchilaridan biri Anastasiya  Serdyukova Chexiyaning Brno shahrida o‘tkazilgan Gran-Pri turnirida 4 ta medalni qo‘lga kiritgan. Serdyukova lentadagi mashqlarda oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bulavada kumush, halqa va to‘p bilan bajariladigan mashqlarda esa bronza medali bilan taqdirlangan.

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz