Tarixiy Obidalar

Zangi ota yodgorlik majmuasi

Turkistonning buyuk valiylaridan bo’lgan bu zot Ahmad Yassaviy Hazratlarining ustozi Arslonbobning evaralaridandir. Manbalarda Xoja Ahmad yassaviy Zangi otaga xolavachcha ekani qayd etilgan. Binobarin, Zangi otaning Axmad Yassaviy bilan qarindoshligi haqida shajaralarda aytilishicha, Iftixor Shayxning Ilyos Shayx va Mahmud Shayz isimli ikki nafar o’g’li bo’lgan. Ilyos Shayxning o’g’li-Arslonbob, Arslonbobning o’g’li- Mansur ota (vafoti 594/1199), Tojxoja otaning […]

Qosim Shayx Azizxon maqbarasi

Hazrati imom maqbarasi

Hazrati imom maqbarasi — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik. Dorus-siyodat meʼmoriy yodgorligi tarkibidagi Jahongir Mirzo maqbarasi Hazrati imom maqbarasi  nomi bilan mashhur. Dastlab sardoba, keyinroq ustiga toʻrtburchak tarhli ziyoratxona tiklangan, tashqi tomonda kichik peshtoq ham boʻlgan. Hazrati imom maqbarasi yangi madrasa pesh-togʻi bagʻrida qolib ketgan, maqbara qaddini rostlash uchun ziyoratxona tepasi qoʻshimcha devor orqali ancha baland koʻtarilgan […]

Go`ri Amir maqbarasi

Go’ri Amir maqbarasi jahonga mashhur va O’rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi. Maqbara qurilishi 1403 yilda Amir Temurning vorisi Muhammad Sultonning vafot etishi munosabati bilan boshlangan, Mirzo Ulug’bek davrida tugallangan hamda Amir Temur va temuriylar xilxonasiga aylantirilgan. Maqbara o’rta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning nabirasi MUhammad Sulton XIV asrning oxirida bino qildirgan ansambl […]

Ark Qo’rg’oni

Ark — Oʻrta Osiyo koʻhna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qalʼaband oʻrda. Yozma tarixiy manbalarda koʻhandiz, diz, koh, qasr, qalʼa, hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus yaratilgan baland doʻnglik ustiga qurilib, atrofi baland devor bilan oʻralgan, bir yoki ikki darvozasi boʻlgan. Ark ichida podshoh va amirlarning, amaldor va lashkarboshilarning uy-joylari, davlat […]

Abu-Iso-at-Termiziy-maqbarasi

Abu Iso at-Termiziy maqbarasi

Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy Termiziy Abu Iso Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hozirgi Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, […]

Ichan qalʼa

Ichan qalʼa — Oʻrta Osiyodagi yirik va noyob meʼmoriy yodgorlik. Xivaning ichki qalʼa (Shahriston) qismi. I.q. shaharning Dishan qalʼa (tashqi qalʼa) qismidan kungurador devor bilan ajratilgan. U Xiva raboti (Dishan qalʼa)dan baland qoʻrgʻontepaga oʻxshab koʻrinadi. I.q.ga 4 darvoza (Bogʻcha dar-voza, Polvon darvoza, Tosh darvoza, Ota darvoza)dan kirilgan. Xorazm xalq meʼmorligining ajoyib obidalari: madrasa, masjid, saroy […]

Bibixonim jome masjidi

Bibixonim jome masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1399—1404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8×76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167×109 m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida […]

Said Aloviddin maqbarasi

Said aloviddin maqbarasi — Ichan qalʼadagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Soʻfi Amir Kulol tomonidan ustozi shayx Aloviddin qabri ustiga qurilgan. Maqbara (13,0×10,4 m) peshtoqli, ziyoratxona va goʻrxonadan iborat. 14-a. 1-yarmida peshtoqi jan.ga qaratib goʻrxona bunyod etilgan. Goʻrxonaning gʻarbida ziyoratxona (18a.) qad rostlagan. Xonalar gumbaz tomli, ziyoratxonaga poygumbaz darchasidan yorugʻlik tushib turadi. Ichkarisi ganch suvok, qilingan. Goʻrxonadagi […]

Oqsaroy meʼmoriy majmuasi

Oqsaroy meʼmoriy majmuasi

Oqsaroy — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (15-a.). Temuriylarning soʻnggi dahmasi. Oqsaroy qoʻshimcha dahma sifatida Abu Said (1449—69) va Sulton Ahmad Mirzo (1469—94) qukmronligi davrida qurilgan. Maqbara pishiq gʻishtdan ganch qorishmasida terilgan. Oqsaroy chortoq tarx/sh katta xona va qaramaqarshi joylashtirilgan xonalardan iborat. Bosh tarzi jan.ga qaragan. Oʻrtadagi miyonsaroy tagida sardoba joylashgan. O. qurilishida oʻsha davr meʼmorli-giga xos murakkab usullar […]

Minorai Kalon

Minorai Kalon (Katta minora), Arslonxon minorasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik. Muxandis va meʼmor Baqo loyihasi asosida Arslonxon qurdirgan (1127). M.k. oʻrnida avval ham minora boʻlgan, u qulab tushgach, hozirgisi mustahkam qilib qayta qurilgan. Poydevori tosh va maxsus qir qorishmasidan terilgan. Yer sathidan 9 m chu-qur, bal. 50,0 m, kursisi qirrador, tanasi gʻoʻlasimon, tepasi gumbazli davra […]

Ulugʻbek madrasasi

Ulugʻbek madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1417— 22). Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. 2 qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (56×81 m). Bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (bal. 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (bal. 32 m) bor. Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari oʻziga xosdir. Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar bilan […]

Burxoniddin Marg’inoniy maqbarasi

Burxoniddin Marg’inoniy maqbarasi

Burxoniddin Marg’inoniy (toʻliq ismi Abulhasan Ali ibn Abubakr ibn Abduljalil al-Fargʻoniy al-Rishtoniy al-Margʻinoniy) (1123.23.9, Rishton tumani, Dahbet qishlogʻi — 1197.29.10, Samarqand)— buyuk faqih, imom. Dastavval otasi Abubakr ibn Abduljalil, soʻng Simom Bahouddin Ali ibn Muhammad Asbijobiy qoʻlida tahsil koʻrdi. Rishton, Margʻilon, Buxoro, Samarqand va Movarounnaxrning boshqa shaharlarida islomiy taʼlim olib, hanafiya mazhabining buyuk faqihi sifatida nom […]

Shohizinda maqbaralar majmuasi

Shohizinda — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (11—20-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (1434—35), […]

Xoʻja Amin maqbarasi

Xoʻja amin maqbarasi, Xoʻjamning qabri — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (18-a.). Shayx Xovandi Tohur avlodlaridan boʻlgan, Toshkentdan Namanganga kelib oʻrnashib qolgan Iminxoʻja Eshon qaynotasi Ibroximxoʻja qabrining odd tarafiga, pishiq gʻishtdan qabrdan jan. roqda maqbara qurdirgan. Maqbara 11—12-a.lar meʼmorligi anʼanalari asosida qurilgan boʻlib, gʻishtlar orasi ganch qorishmasi bilan toʻldirib tekislangan. Qabr ustiga toʻgʻri toʻrtburchakli sagʻana qoʻyilgan. Maqbara […]

Mullo Bozor Oxund maqbarasi

Mullo Bozor Oxund maqbarasi

Namangan shahrining Labbaytog‘a dahasi, Kurashxona mavzei Namangansoy sohilida joylashgan Mulla Bozor Oxund yodgorligi majmuasi xalqimizning tafarruk maskanlaridan biridir. Ushbu joy haqida Ibratning “Farg‘ona tarixi” nomli asarida shunday deyilgan: “Ikkinchi mahallasi Labbaytog‘odirki, ani vajhi tasmiyasi Mulla Bozor Oxund degan kishi bor ekanlar, ul kishini bir jiyanlari bor ekan. Har ikki aziz o‘rtalari ovoz yetadurgan masofa ekan. […]

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz