Andijondagi tarixiy obidalar

Qa’la Majmuasi

Andijon shahrida joylashgan. Chor Rassiyasi qo’shinlarining harbiy istehkomi sifatida 1880-1881 yillardaqurilgan. 1980 yilda ta’mirlangan. Hozirda bu yerda Andijon viloyat adabiyot va san’at muzeyining qo’lyazmalar bo’limi faoliyat olib bormoqda.

bibi-seshanba-ziyoratgohi

Bibi seshanba ziyoratgohi

Qo’rg’ontepa tumani Sultonobod qishlog’ida joylashgan. Andijon shahar markazidan 60 km uzoqlikda. Muqaddas qadamjoy, “Ko’kbuloq”, “Qizbuloq” kabi shifobaxsh buloqlari mavjud.

ark ichi

Ark ichi

XV-XIX asrlarda bunyod tilgan me’moriy obida. Andijon shahrining Eski shahar qismida joylashgan. Hozirda bu yerda Bobur muzeyi joylashgan. Andijon viloyati adabiyot va san’at muzeyi tasarrufida.

Qutayba Ibn Muslim maqbarasi

Jalaquduq tumani Paxtakor qishlog’ida joylashgan. Andijon shahridan 28 km uzoqlikda. 715 yilda yangi saylangan xalifa Sulaymonga bo’ysunishdan bosh tortganligi uchun isyon ko’targan lashkarlar tomonidan o’ldirilgan arab sarkardasi Qutayba ibn Muslim Bahiliy dafn etilgan. Tarixchi Narshaxiy uning qabri qo’yilgan qabristonni “Mozorbuva” nomi bilan tilga olgan.

Devonaboy Jome masjiti

Devonaboy Jome masjiti

XIX asrning oxirida qurilgan. Andijon shahrining Eski shahar qismida joylashgan. Masjidning kirish qismi gumbazsimon bo’lib, qo’sh tomonida minoralar ko’tarilgan. Minora va masjid peshtoqlari sharqona bezaklar bilan bezatilgan.

Ponsod masjidi

Ponsod masjidi

Shahrixon shahrida joylashgan. Andijon shahridan 27 km uzoqlikda. XIX asr boshlarida qurilgan. Masjid, namozxona va minoradan iborat. Masjid sharqona uslubda bezatilgan.

Xoja Abdulloh Tugdor

VII asr qoraxoniy podishohlar davrida 70 yilcha O’zgan shahri poytaxt bo’lgan. Boburnomada yozilishicha o’sha davrda O’zganda yashagan ulug’ zod Qilich Burxoniddin Said avlodidan bo’lib Payg’ambarimizning avlodiga borib taqaladi. Z.M.Boburning piri ham o’sha avloddan bo’lgan.

Fozilmon ota ziyoratgohi

Xonobod shahri Fozilmon ota qishlog’ida joylashgan. Andijon shahar markazidan 72 km uzoqlikda. Diniy ulomo Sayid Fozilmon Dehlaviy dafn etilgan. Shifobaxsh bulog’i movjud. Ziyoratgoh sifatida mashhur.

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz