Tarixiy Obidalar

Mir Arab madrasasi

Madrasaning bunyod etilishida homiylik qilgan Mir Аrаbning аsl ismi Sаyyid Аbdulla Yamaniy bo‘lib, u 22 yoshidа Sаmаrqаndgа kelib Хоjа Аhrоrgа shоgird tushgаn. Turkistоnning Sаbrоn (Sаvrоn)idа 2 kоriz (yer оsti аrig‘i) qаzdirgаn, suv chiqаrgаn, qаl’а binо etib, Shоfirkоn, Vоbkent, G‘ijduvоndа ko‘p jоylаrni оbоd qilgаn (Shоfirkоndа Mir Аrаb qаl’аsi sаqlаngаn). U nаqshbаndiya tаriqаtining rivоjlаnishigа kаttа hissа qo‘shgаn. […]

Sherg’ozixon madrasasi

Shergʻozixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1719—26); Ichan kalʼa tarkibida. Xiva xoni Shergʻozixon Xurosonga qilgan yurishi (1718) chogʻida qurila boshlagan. Madrasaning gʻarbida qurilgan kichik xonaga xon jasadi dafn etilgan. Maqbara bosh tarziga tutash qilib qurilgan. Madrasa bosh tarzi 2 qavatli. Ulkan peshtoq orqali kiraverishda gumbazli miyonsaroy, uning 2 burchagida chortoq tarhli, gumbazli masjid va darsxona […]

Tilla Qori madrasasi

Tillaqori madrasa – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon ansamblitsa Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-a.) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab “Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi” deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda […]

Xo‘ja Abdu Darun maqbarasi

XII asr, XV asrning birinchi yarmi. Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun – ichkari) joylashgan qadimgi ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino – xonaqoh (XV asr) ko’zga tashlanadi. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug’bek davri me’morligi mahsuli ekanidan darak beradi. Xonaqohning ichida IX asrda yashagan avliyo, alloma Abdu Ma’ziddinning qabri bor. Xoja Abdu Darun padari […]

Abduxoliq G’ijduvoniy maqbarasi

XV asr. 1103 yilda G‘ijduvon shahrida tavallud topgan buyuk tasavvuf va sofiylik tariqati shayxi Abduxoliq G‘ijduvoniy hazratlari sharafiga bag‘ishlab 1433 yilda Mirzo Ulug‘bek tomonidan Hazrat qabrlarining qibla tomonida muhtasham madrasa qurdirilgan. Madrasaning tashqari qismida,hazrat maqbarasi yonida quduq, chillaxona va minora ham bunyod etilgan. Hazrat xalq orasida “Xojayi jahon” nomi bilan mashhur tasavvufga oid bir qancha […]

Muhammad Aminxon madrasasi

Muhammad aminxon madrasasi — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1852—55). Muhammad Aminxon qurdirgan. Ichan qalʼaning gʻarbiy qismida joylashgan. Madrasa ikki qavatli. Birinchi qavatidagi hujralar dahlizli, ikkinchi qavatdagilar ayvonli. Bu uslub Xiva madrasalari meʼmorligida ilk bor shu binoda qoʻllanilgan. Ayvonlarning qurilishi sodda, hovlining umumiy meʼmorligiga moye. Ikki qavatli ayvonlardagi qanoslar va qarama-qarshi qoʻyilgan peshtoqlar sirkor parchinlar bilan naqshlangan. […]

Tillo Shayx masjidi

Masjid 1890 yilda iymon-e’tiqodli, taqvodor Tillo Shayx ota ismli savdogar tomonidan qurdirilgan. U Xitoydan qo’ylar olib kelib sotish bilan shug’ullanib, bir yillik foydasidan ushbu masjidni qurdirib, mo’min-musulmonlarga in’om qilgan ekan. Ro’baro’da Baroqxon madrasasi joylashgan bo’lib, bu ikki yodgorlik sal shimolroqda qurilgan Qaffoli Shoshiy maqbarasi bilan birgalikda ko’p zamonlar Hazrati Imom (Hastimom) mahallasining guzari va eng […]

Baroqxon madrasasi

Baroqxon madrasasi — Toshkentda qurilgan Madrasa (1531/32 — 16-a. 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq boʻlib, madrasaning gʻarbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi oʻrnida dastlab 2 (katta va kichik) maqbara boʻlgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning toʻrt tomonidagi eshiklaridan […]

Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi

Al-Hakim at-Termiziy yodgorlik majmuasi

Al-Hakim at-Termiziy Uning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan. Uning mazkur […]

Xoja doniyor maqbarasi

Xoja doniyor maqbarasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (20-a. boshlarida qurilgan). Afrosiyob qoʻrgʻonining kunchiqar tomonida, Siyob arigʻi yoqasida. Avliyo Xoja Doniyor qabri ustida qurilgan. Choʻziq (15 m ga yaqin) toʻrtburchak tarhli, peshtoq, besh gumbazli xonadan iborat. Peshtogʻi (shim. tomonda) hamda uning ikki yonidagi qubbali, koʻzasimon kursili guldastalari ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, yon tomonlariga ham ravoqlar ishlangan. […]

Xoja jarroh yodgorlik majmuasi

Xoja jarroh yodgorlik majmuasi

Xoja jarroh yodgorlik majmuasi — Qarshi sh.dagi meʼmoriy yodgorlik (14-a.). Sohibqiron Amir Temur 14-a. oxirlarida Shom yerlarini zabt etgan paytda ulugʻ sahobalardan biri Abu Ubayda Omir ibn alJarroh qabri xokidan keltirib Qarshi sh.da dafn ettirgan va u yerga maqbara qurdirgan. Maqbara buzilib ketgan. 20-a. 2-yarmida qayta tiklangan majmua maqbara, ayvon, minoradan iborat. Maqbara toʻrtburchak tarhli, […]

O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi

«Tillo Shayx » masjidi yonida joylashgan «Mo’yi Muborak » deb nom olgan qadimgi binoda 1943 yili kutubxona tashkil etildi. Diniy idora raisi muftiy shayx Eshon Boboxon shaxsiy kutubxonasidan mingdan ortiq qo’lyozma kitoblarni taqdim etgan. Hozir kutubxonada 25 mingdan ziyod turli qo’lyozma va bosma asarlardan iborat ulkan xazina saqlanmoqda. Xazinadagi kitoblarning eng nodiri va qimmatlisi Hazrati […]

ark ichi

Ark ichi

XV-XIX asrlarda bunyod tilgan me’moriy obida. Andijon shahrining Eski shahar qismida joylashgan. Hozirda bu yerda Bobur muzeyi joylashgan. Andijon viloyati adabiyot va san’at muzeyi tasarrufida.

Olloqulixon madrasasi

Olloqulixon madrasasi – Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (1834—35). Madrasa qurilishi Ichan qalʼaning yaxlit ansambl boʻlib shakllanish tarixi bilan bogʻliq. Oʻrta Osiyo meʼmorligida keng tarqalgan qoʻshmadrasa uslubida, Ollo-qulixon timi, Xoʻjamberdibiy madrasasi, Polvon darvoza bilan oʻzaro bogʻlangan. O.m. sunʼiy tepalik (bal. 3 m) ustiga kurilgan, shu tufayli qoʻshni binolardan ancha baland koʻrinadi. Madrasi toʻgʻri toʻrtburchak tarhli (62,45×47,0 m), […]

Sherdor madrasasi

Sherdor madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1619—36). Registon ansambli tarkibida. Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Madrasa tarhi toʻrtburchak, 2 qavatli. Bosh tarzining 2 qanotida qovurgʻali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtoq ravogʻi ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora zaminli koshinga oq harflar bilan meʼmor Abdujabbor nomi yozilgan. Qanoslaridagi qizgʻish zarhal tusli […]

Ahmad al Farg’oniy majmuasi

Ahmad al Fargʻoniy

  Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad ibn Nosir al-Fargʻoniy 797—865-yillarida yashab ijod qilgan buyuk ajdodimizdir. U oʻz asarlari bilan fan tarixida katta iz qoldirdi. U matematika, geografiya, astronomiya, tarix sohalarida ijod qildi. Uning ijodiy faoliyati Bagʻdodda ulugʻ mutafakkir olim al-Xorazmiy rahbarligidagi «Bayt ul-hikma» bilan bogʻliqdir. Ahmad al-FARG‘ONIY (to‘liq ismi Abul Abbos Ahmad ibi Muhammad ibn […]

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz