Samarqanddagi tarixiy obidalar

Go`ri Amir maqbarasi

Go’ri Amir maqbarasi jahonga mashhur va O’rta Osiyo me’morchiligining noyob asari sifatida e’tirof etiladi. Maqbara qurilishi 1403 yilda Amir Temurning vorisi Muhammad Sultonning vafot etishi munosabati bilan boshlangan, Mirzo Ulug’bek davrida tugallangan hamda Amir Temur va temuriylar xilxonasiga aylantirilgan. Maqbara o’rta asr Samarqandining janubiy-sharqiy qismida, Temurning nabirasi MUhammad Sulton XIV asrning oxirida bino qildirgan ansambl […]

Bibixonim jome masjidi

Bibixonim jome masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1399—1404). Amir Temurning katta xotini Bibixonim (asli Saroymulk xonim) nomi bilan bogʻliq. Amir Temur farmoni bilan qurilgan. Masjidni kurgan usta va meʼmorlarning nomlari nomaʼlum. Masjid hovlisining sahni 63,8×76,0 m boʻlib, toʻrt tomondan ravoq va peshtoklar bilan oʻralgan. Uning umumiy sahni 167×109 m, burchaklarida baland minoralar boʻlgan. Zilzilalar taʼsirida […]

Ulugʻbek madrasasi

Ulugʻbek madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1417— 22). Registon ansamblining gʻarbida joylashgan. 2 qavatli, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli (56×81 m). Bosh tarzi maydonga qaragan, mahobatli peshtoq mujassamotida keng toqili ravoq (bal. 16,5 m), uning 2 yonida guldastalar (bal. 32 m) bor. Ravoq tepasidagi yulduzli osmon aks etgan qanos bezaklari oʻziga xosdir. Guldasta tepasi muqarnas, sharafalar bilan […]

Shohizinda maqbaralar majmuasi

Shohizinda — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (11—20-asrlar); Afrosiyob tepaligi jan.da joylashgan qabristondagi maqbaralardan hamda masjid, minora va madrasadan iborat ansambl. Ularning eng qadimiysi Qusam ibn Abbos maqbarasi boʻlib, xalq orasida Shohizinda (tirik shoh) nomi bilan mashhur. Ansambl bir-biri bilan yoʻlak orqali bogʻlangan 3 guruh binolardan iborat. Quyi guruhdagi inshootlar Ulugʻbek oʻgʻli nomidan qurdirgan Abdulaziz chortogʻi (1434—35), […]

Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi

Imom al Buxoriy yodgorlik majmui — Samarqanddagi me’moriy yodgorlik, ziyoratgoh. Imom alBuxoriy dafn etilgan Chelak tumani Hartang qishlog‘idagi qabriston musulmon axlining eng tabarruk va aziz ziyoratgoxlaridan bo‘lib kelgan. 16-a.da Imom alBuxoriy kabri ustiga mo‘’jazgina makbara, yoniga masjid qurilib, hovlisiga bir necha tup chinor ekilgan. Lekin sho‘ro tuzumi davridagi dahriylik siyosati tufayli bu maskan karovsiz ahvolga […]

Ruhobod maqbarasi

XVII asr. Xoja Abdu Berun xonaqohi Samarqand qal’a devorining janubida joylashgan. XVII asr tarixiy yodgorligi. Ko’hna qabr yoniga toqu ravoqli xonaqoh-masjid, o’rtasiga jamoatxona, atrof burchaklariga hujra va zinalar qurilgan. Qo’shqavat sirkor gumbaz, poygumbaz va devorlar sirkor g’ishtlar va koshinkor naqshlar bilan bezatilgan. Jamoatxonaning uch tomonidan eshiklar ochilgan. Mehrob oddiy, xonaqoh ham xushbichim, sodda va fayzlidir. […]

Imom al-Moturidiy maqbarasi

Imom al-Moturidiy maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Imom al-Moturidiy tavalludining IZO y.ligi (2000) munosabati, O’zbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov tashabbusi bilan Samarqand sh. markazida bunyod etilib, ramziy maqbarasi oʻrnatilgan (xududi 4 gektarga yaqin). Yodgorlik Registon ansambli yaqinida, Vobkent, Gʻijduvon va Buxoro koʻchalari oraligʻida joylashgan. Bosh kirish qismi Vobkent koʻchasidagi xiyobon orqali. Loyihaga koʻra, 3 qism […]

Xoja Ahror Valiy majmuasi

XV asrga mansub me’moriy yodgorliklardan biri. U madrasa, masjid va minora hamda hovuzdan iborat. Madrasa 1630-1631 yillarda Nodir Devonbegi mablag’i hisobiga qurilgan. Xoja Ahror Valiy o’z zamonlarida butun Movarounnahr va Xurosonda mashhur shaxs bo’lgan. Juda katta yer-suv, mol-mulkka ega bo’lib, butun umri, kuch-g’ayrati va bor mol-mulkini yurt tinchligi, obodligi yo’lida sarflagan. Natijada mamlakatning ichki va […]

Ruhobod maqbarasi

Ruhobod — majoziy nom, aslida alloma avliyo shayx Burhoniddin Sogʻarjiy (Sogʻarj—Samarqand yaqinidagi qad. kent) maqbarasi. Amir Temur saltanatining dastlabki davrida (14-a.ning 70-y.lari) shahar Arki (Koʻk saroy, Boʻston saroy, Nuriddin Basir maqbarasi) tomonidan jan.dagi Toshqoʻrgʻon—chaqar (Kichik oqsaroy, Muhammad Sulton meʼmoriy majmui, hozirgi Amir Temur maqbarasi) orasini bogʻlovchi mashxur Shohrohshoh koʻchani ochish va tartibga solish davomida yuzaga […]

Tilla Qori madrasasi

Tillaqori madrasa – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik. Registon ansamblitsa Ulugʻbek davrida bunyod etilgan Mirzoyi karvonsaroyi (15-a.) oʻrnida Samarqand hokimi Yalangtoʻshbiy Bahodir Madrasa va jome masjid qurdirgan (1641—46). Karvonsaroy asosi ustiga Madrasa (shim. sharqiy qismida), hujralar oʻrnida peshtoq gumbazli masjid (gʻarbida) joylashgan. Dastlab “Yalangtoʻshbiy kichik madrasasi” deb nomlangan. Keyinchalik masjid bezagida boshqa bir obida qurilishiga yetadigan miqdorda […]

Xo‘ja Abdu Darun maqbarasi

XII asr, XV asrning birinchi yarmi. Samarqand qal’a devorining sharqiy tomonida (darun – ichkari) joylashgan qadimgi ziyoratgoh. Markazida eng yirik bino – xonaqoh (XV asr) ko’zga tashlanadi. Uning peshtoqi, gumbazi va devorining bezaklari Ulug’bek davri me’morligi mahsuli ekanidan darak beradi. Xonaqohning ichida IX asrda yashagan avliyo, alloma Abdu Ma’ziddinning qabri bor. Xoja Abdu Darun padari […]

Xoja doniyor maqbarasi

Xoja doniyor maqbarasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (20-a. boshlarida qurilgan). Afrosiyob qoʻrgʻonining kunchiqar tomonida, Siyob arigʻi yoqasida. Avliyo Xoja Doniyor qabri ustida qurilgan. Choʻziq (15 m ga yaqin) toʻrtburchak tarhli, peshtoq, besh gumbazli xonadan iborat. Peshtogʻi (shim. tomonda) hamda uning ikki yonidagi qubbali, koʻzasimon kursili guldastalari ganch oʻymakorligi bilan bezatilgan, yon tomonlariga ham ravoqlar ishlangan. […]

Sherdor madrasasi

Sherdor madrasasi – Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1619—36). Registon ansambli tarkibida. Mirzo Ulugʻbek xonaqohi oʻrniga Yalangtoʻsh Bahodir qurdirgan. Ulugʻbek madrasasining roʻparasida joylashgan. Madrasa tarhi toʻrtburchak, 2 qavatli. Bosh tarzining 2 qanotida qovurgʻali gumbaz va minoralar joylashgan. Peshtoq ravogʻi ichkarisidagi koshinkori bezak orasida qora zaminli koshinga oq harflar bilan meʼmor Abdujabbor nomi yozilgan. Qanoslaridagi qizgʻish zarhal tusli […]

Hazrati xizr masjidi

Hazrati xizr masjidi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (19-a. oʻrtalari); afsonaviy oʻlmas shaxs Hazrati Xizr nomi bilan bogʻliq. Bino Shohizinda J majmuasi qarshisidagi tepalikda joylashgan qad. masjid poydevori ustiga qurilgan (mehrobdagi yozuvga koʻra 1855 y.). Masjid xonaqoh, uning 2 yonida hujralar, qoʻshimcha xonalar, omborxona, minoradan iborat; keyinchalik binoga qoʻshimcha ayvon (1899), darvozaxona (1919) qurilgan. Bosh tarzidagi’ […]

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz