Toshkentdagi tarixiy obidalar

Zangi ota yodgorlik majmuasi

Turkistonning buyuk valiylaridan bo’lgan bu zot Ahmad Yassaviy Hazratlarining ustozi Arslonbobning evaralaridandir. Manbalarda Xoja Ahmad yassaviy Zangi otaga xolavachcha ekani qayd etilgan. Binobarin, Zangi otaning Axmad Yassaviy bilan qarindoshligi haqida shajaralarda aytilishicha, Iftixor Shayxning Ilyos Shayx va Mahmud Shayz isimli ikki nafar o’g’li bo’lgan. Ilyos Shayxning o’g’li-Arslonbob, Arslonbobning o’g’li- Mansur ota (vafoti 594/1199), Tojxoja otaning […]

Xoja Ahror Valiy jome’ masjidi

Ma’lumki, ona tomondan Shayx Xovand Tahurning avlodi bo‘lgan Xoja Ahror (1404-1490) o‘zining yoshlik yillarini Toshkentda o‘tkazgan. Keyinroq Samarqandda madrasa tahsilidan so‘ng Toshkentga qaytib, ziroatchilik va savdo bilan ham mashg‘ul bo‘lgan. Xoja Ahror temuriy Sulton Abu Sa’id (1451-1469) davrida yana Samarqandga taklif qilinib, o‘z hayotining ko‘p qismini shu shaharda o‘tkazgan bo‘lsa-da, Toshkent madaniy-ma’naviy hayotida ham chuqur […]

Muhammad Qaffol Shoshiy maqbarasi

Muhammad Qaffol shoshiy maqbarasi — Toshkent shahridagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr) Hazrati Imom (Hastimom) nomi bilan mashhur boʻlgan imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil Qaffol ashShoshiyga atab, uning qabri ustiga qurilgan. Dastlabki maqbara saqlanmagan. Muhammad Qaffol shoshiy maqbarasi meʼmor Gʻulom Husayn tomonidan 1541—42 yillarda chorsi (25×26×5 sm) pishiq gʻishtdan bunyod etilgan. Maqbara chorgoqtarxli (13,3×12,5 m), […]

Ko’kaldosh madrasasi

«Ko’kaldosh» madrasasi Toshkent shahridagi tarixiy obidalardan biri sanaladi. Muhammad Solih Qoraxo’ja Toshkandiyning «Tarixi jadidayi Toshkand» kitobida «Ko’kaldosh» madrasasini Darveshxon qurdirganini yozadi va shu kitobining ba’zi joylarida madrasani Darveshxon madrasasi deb ham ataydi.  Madrasa 1551-1575 yillar orasida qurib ishga tushirilgan. Bunga dalil sifatida tarixchilar 1569-1570 yillarda yozilgan vaqfnomani keltiradilar. Unga ko’ra, Toshkent hokimi Sulton Darveshxon bir […]

Tillo Shayx masjidi

Masjid 1890 yilda iymon-e’tiqodli, taqvodor Tillo Shayx ota ismli savdogar tomonidan qurdirilgan. U Xitoydan qo’ylar olib kelib sotish bilan shug’ullanib, bir yillik foydasidan ushbu masjidni qurdirib, mo’min-musulmonlarga in’om qilgan ekan. Ro’baro’da Baroqxon madrasasi joylashgan bo’lib, bu ikki yodgorlik sal shimolroqda qurilgan Qaffoli Shoshiy maqbarasi bilan birgalikda ko’p zamonlar Hazrati Imom (Hastimom) mahallasining guzari va eng […]

Baroqxon madrasasi

Baroqxon madrasasi — Toshkentda qurilgan Madrasa (1531/32 — 16-a. 2-yarmi). Hovli atrofida hujralar va ichki tarafida peshtoq boʻlib, madrasaning gʻarbiy qismi birmuncha oldinga chiqqan. Poydevori toshdan, qalin devorlari turli hajmdagi pishiq gʻishtdan ishlangan. Baʼzi joylari sinchli. Baroqxon madrasasi oʻrnida dastlab 2 (katta va kichik) maqbara boʻlgan. Kichik maqbarada Baroqxon qabri bor. Uning toʻrt tomonidagi eshiklaridan […]

O’zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi

«Tillo Shayx » masjidi yonida joylashgan «Mo’yi Muborak » deb nom olgan qadimgi binoda 1943 yili kutubxona tashkil etildi. Diniy idora raisi muftiy shayx Eshon Boboxon shaxsiy kutubxonasidan mingdan ortiq qo’lyozma kitoblarni taqdim etgan. Hozir kutubxonada 25 mingdan ziyod turli qo’lyozma va bosma asarlardan iborat ulkan xazina saqlanmoqda. Xazinadagi kitoblarning eng nodiri va qimmatlisi Hazrati […]

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz