YANGILIKLAR

F5SWLCr4RZf9VQxPLf6EIp9-H9nr3jtQ

Shavkat Mirziyoyev 2018 yil nomini e`lon qildi

Bugun, 22 dekabr kuni Simpoziumlar saroyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasi e`lon qilindi. Yig’ilishda parlament rahbariyati va a`zolari, O’zbekiston hukumati, viloyatlar hokimlari, akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpuslar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Shavkat Mirziyoyev yig’ilishda nutq so’zladi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2018 yilni O’zbekistonda «Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni […]

9

Farg‘onada bayram nafasi

Shu kunlarda Farg‘ona viloyatida ham bayram nafasi hukmron. Shahar va tumanlar markazida, xiyobonlarda, aholi gavjum joylarda turfa o‘qinchoqlar, rang-barang chiroqlar bilan bezatilayotgan Yangi yil archasi, ayniqsa, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.

10

Farg‘onada “Yilning eng yaxshi kitobxoni” forumi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi, Ahmad Farg‘oniy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan tadbirda shoir-yozuvchilar, olimlar, talaba-yoshlar, o‘quvchilar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha soha va […]

11

Ta’limning mustahkam poydevori

Farg‘ona shahridagi «Erkin Parvoz Nuri Oltin» xususiy firmasi muassisligidagi «Happy kids academy» nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasida yosh avlodning barkamol ulg‘ayishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Prezidentimizning shu yil 9-sentabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida sohada nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta’lim xizmatlari turini ko‘paytirishga alohida […]

2_1_

Imkoniyati cheklangan fuqarolarga yangi uylarning kaliti topshirildi

Kuchli ijtimoiy himoya, kam ta’minlangan oilalar va nogironlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridandir. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida bu boradagi ezgu ishlar ko‘lami yanada kengaydi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida uy-joyga muhtoj, jismoniy imkoniyati cheklangan 42 fuqaroga yangi xonadonlar kaliti topshirilgani ham Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan kuchli […]

10 (1)

“Qaqnus” – Jizzaxda birinchi

G‘allaorol tumanidagi «Madaniyat» mahalla fuqarolar yig‘inining “Qaqnus” jamoasi “Mahalla – mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichida birinchi o‘rinni egalladi.  Jizzax shahridagi «Qassoblik» mahalla fuqarolar yig‘inining “Omad” va Do‘stlik tumanidagi «Mevazor» mahalla fuqarolar yig‘inining “Mevazor” jamoalari ikkinchi va uchini o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bir necha nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. – Tanlovga tayyorgarlik ko‘rish va ishtirok etish […]

4

Buxoro shahrida harbiy xizmatchilarga mo‘ljallangan 2 ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi

Prezidentimizning joriy yil 30-martdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun uy-joy qurish dasturi to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida Buxoro shahrida harbiy xizmatchilar uchun har biri 18 xonadonga mo‘ljallangan ikkita ko‘p qavatli uy foydalanishga topshirildi. – Yangi yil arafasida ikki xonali zamonaviy uyga ko‘chib o‘tganimizdan juda xursandmiz, – deydi mayor Bekmurod Atakov. – Bu oilamiz uchun […]

11 (1)

2017-yilda Buxoroda 584 kam ta’minlangan oila va nogironlar yangi uyli bo‘ldi

Buxoro viloyatida uy-joyga muhtoj, nogiron va mehnatga layoqati cheklangan 51 fuqaroga uy-joy kalitlari tantanali ravishda topshirildi. G‘ijduvon tumanidagi “Pozagari” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan zamonaviy massivda tashkil etilgan marosimda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, nuroniylar, yoshlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Joriy yilda viloyatning qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar asosida […]

7 (1)

Navoiy shahrida ikkita 3 qavatli uy foydalanishga topshirildi

Yangi yil bayrami oldidan Navoiy shahridagi Bunyodkor mahallasida harbiy xizmatchilar uchun 36 xonadonga mo‘ljallangan 3 qavatli ikkita uy foydalanishga topshirildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik A.Saidov va boshqalar mamlakatimizda zamonaviy yechim va noyob arxitektura andozalari asosida ko‘rkam inshootlar qurilayotgani aholi turmush farovonligini yanada yuksaltirish, eng muhimi, yosh hamda ehtiyojmand […]

1 (1)

Orzusiga yetgan qiz

Mehr-muruvvat oyligi doirasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning og‘irini yengil qilish, quvonchu tashvishiga sherik bo‘lish, moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, bunda ular orasidan yetishib chiqayotgan yosh iqtidor egalarini yuzaga chiqarib, jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Poytaxtimizning «Istiqlol» san’at saroyida bo‘lib o‘tgan Dildora Kunuzoqovaning “Shu yurt uchun jon fido” deb nomlangan xayriya […]

2-1

“Yil ayoli” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Xotin qizlar qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan tanlovda uning shahar va tuman bosqichlari g‘oliblari bilim va mahoratini namoyish etdi. Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, qonuniy manfaatlarini har tomonlama himoya qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mazkur tanlov ham turli sohalarda mehnat qilib, jamiyatimizda yuz berayotgan yangilanishlarga munosib hissa […]

3-1

Farg‘onada “Mahalla mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Farg‘onada “Qadriyatlar beshigisan, aziz mahallam!” shiori ostida o‘tkazib kelinayotgan “Mahalla mening taqdirimda” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda shahar va tuman bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 19 jamoa bahslashdi. Uch bosqichli tanlovda mahallalarda istiqomat qiluvchi, hududdagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlar zukkolik, bilimdonlik bobida hech kimdan kam emasliklarini isbotlab kelmoqda. Tanlovning mahallalararo […]

7_1_

Buxoroda “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi tomonidan bir qator tashkilot va muassasalar hamkorligida tashkil etilgan tanlov yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ularning ma’naviy-intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. – Tanlovning quyi bosqichlarida 14-19 va 20-30 yosh toifasida 12 ming 800 kitobxon ishtirok etdi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi raisi o‘rinbosari Shavkat […]

baner2 (1)

Milliy internet tanloviga arizalar qabul qilinishi davom etadi!

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida Milliy internet tanlovini o‘tkazmoqda. Asosiy maqsad – yoshlar uchun mo’ljallangan ijobiy mazmundagi eng yaxshi internet resurslarni yaratish, ko’paytirish, mavjudlarini aniqlash va rag’batlantirish, veb-resurslarni yaratuvchilar diqqat e’tiborini internet texnologiyalaridan mas’uliyatli, axborot madaniyati talablari doirasida hamda xavfsiz foydalanish muammosini hal etish, internetning yoshlar uchun mo’ljallangan segmentini kengaytirish […]

7 (2)

“Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining tuman va shahar bosqichlarida 27 ming kitobxon ishtirok etdi

Navoiyda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati kengashi tashabbusi bilan “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovning tuman va shahar bosqichlarida qariyb 27 ming kitobxon ishtirok etdi. Mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularda kitobxonlik va mutolaa madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining joriy yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop […]

19

“Ipak yo‘lida turizm” xalqaro sayyohlik yarmarkasi yakunlandi

Toshkentda 5-oktabr kuni “Ipak yo‘lida turizm” 23-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi yakuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va qator hamkor tashkilotlar tomonidan BMT Jahon sayyohlik tashkiloti ko‘magida tashkil etilgan mazkur forumda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Indoneziya, Malayziya, Singapur, Hindiston, Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon, Latviya kabi 30 dan ortiq mamlakatdan yuzdan ziyod sayyohlik […]

  • Sayt Haqida

    Assalomu Aleykum hurmatli mehmon! Tashrif.uz sayti ga tashrif buyurganizdan juda xursandmiz.Ushbu sayt yaratilishidan asosiy maqsad - O'zbekekistondagi qadimiy obidalar va O'zbekistonning tarixi, urf-odatlar hamda hozirgi kundagi istiqbollari haqida ma'lumotlarni o'zida jamlab, meroslarimizni saqlab qolish va uni kelajak avlodga yetkazib berish.

  • YODGORLIKLAR SURATLARDA

  • Yutuqlarimiz